Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2-mart kuni chaqiriladi — kun tartibi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon "O gosudarstvennoy poshline"
Senatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon O gosudarstvennoy poshline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Yalpi majlis kun tartibiga 10 ga yaqin qonun va masalalar muhokama etish uchun kiritilgan.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2-mart kuni chaqiriladi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, yalpi majlis kun tartibiga 10 ga yaqin qonun va masalalar muhokama etish uchun kiritilgan.
Kun tartibidagi qonunlar:
“Raqobat to‘g‘risida”gi;
“Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
“Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi;
“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi.
Shu bilan birga, senatorlar Oliy Majlis Senatining 2022-yildagi faoliyati va 2023-yilga mo‘ljallangan vazifalari borasidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Qolaversa, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktorining axboroti eshitiladi.
Yangiliklar lentasi
0