Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 1-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota gaubis "Msta-B" v yujnom sektore SVO
Rabota gaubis Msta-B v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi oli borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya va Sinkovka aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalariga zarba berdi.
Shuningdek, LXRning Novoselovskoe va Xarkov viloyatidagi Timkovka aholi punktlari hududlarida UQKning uchta diversion-razvedka guruhi yo‘q qilindi. Dushmanning yo‘qotishlari 90 nafar harbiy xizmatchi, uchta yuk mashinasi va D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Stelmaxovka, Chervonopopovka va DXRning Yampolovka aholi punktlari hududlarida kun davomida 150 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, to‘rtta zirhli jangovar texnika, shuningdek, "Msta-B" va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi faol harakatlari davomida 190 nafargacha Ukraina harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashina, 16 ta texnika, shuningdek D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Ocheretino aholi punkti yaqinida 110-mexanizatsiyalashgan brigadaning o‘q-dorilar ombori, DXRning Novoselovka aholi punkti yaqinida UQKning 36-dengiz piyodalari brigadasining yonilg‘i saqlash bazasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Nikolskoe, Chervonoe, Novodanilovka va Zaporoje viloyati Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 80ga yaqin harbiy xizmatchilarini, bitta tanki, to‘rtta zirhli jangovar texnikasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbasi natijasida 85 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta zirhli jangovar texnika, 12 ta boshqa texnika, ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson viloyati Aleksandrovka qishlog‘i yaqinida 123-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi 173ta hududda joylashgan UQKning 97 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Shurovo aholi punkti hududida millatchi tuzilma jangarilarini vaqtincha joylashtirish nuqtasiga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi DXRning Drujkovka aholi punkti hududida havo jangida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xerson viloyatining Novaya Zburevka, Golaya Pristan,Zaporoje viloyatining Semonovka, hamda LXRning Kremennaya, Rubejnoe, Krasnorechenskoe va DXRning Novoandreyevkava Limansk aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 15 ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi.
Dronlar ommaviy hujumi. Bundan tashqari, Kiyev rejimining Qrim yarim oroli obyektlariga uchuvchisiz samolyotlar yordamida ommaviy hujumining oldi olindi. UQKning oltita zarba beruvchi dronlari havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi. Ukrainaning yana to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati elektron kurash vositalari yordamida ishdan chiqarildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 391 ta samolyot, 211 ta vertolot, 3281 ta uchuvchisiz uchish apparati, 406 ta zenit-raketa majmuasi, 8086 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1045 ta ko‘p raketali tizimlar, 4240 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari va 8621 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0