https://oz.sputniknews.uz/20230301/flynas-jidda-va-toshkent-ortasida-togridan-togri-reyslarni-yolga-qoyadi-32577795.html
Flynas Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Flynas Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi 27-martdan boshlab Jidda va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. 01.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-01T15:02+0500
2023-03-01T15:02+0500
2023-03-01T15:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28268984_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8c0357e9d553cb4b16ca126f4e487558.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Saudiya Arabistonning Flynas aviakompaniyasi Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.Ma’lum qilinishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 27-mart kuniga mo‘ljallangan. Reyslar Airbus A320neo samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Aviakompaniya 2022-yil sentabridan Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Bokuga texnik qo‘nish bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. Ushbu reyslar 2023-yilning 24-martigacha amalga oshiriladi, shundan so‘ng aviatashuvchi yangi parvozlar jadvaliga o‘tadi.Flynas — Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan. Flynas besh yil davomida World Travel Award va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning yetakchi arzon aviakompaniyasi deb topilgan.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28268984_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_89cf7abbba5acc59d5351a7ef4484ac4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, aviaparvozlar
jamiyat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, aviaparvozlar
Flynas Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi 27-martdan boshlab Jidda va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Saudiya Arabistonning Flynas aviakompaniyasi Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi Uzbekistan Airports
matbuot xizmati. Ma’lum qilinishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 27-mart kuniga mo‘ljallangan. Reyslar Airbus A320neo samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniya 2022-yil sentabridan Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Bokuga texnik qo‘nish bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. Ushbu reyslar 2023-yilning 24-martigacha amalga oshiriladi, shundan so‘ng aviatashuvchi yangi parvozlar jadvaliga o‘tadi.
Flynas — Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan. Flynas besh yil davomida World Travel Award va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning yetakchi arzon aviakompaniyasi deb topilgan.