Fevralda inflyatsiya qanchaga o‘sdi?

© Depositphotos / AnyaberkutMujchina s telejkoy v supermarkete
Mujchina s telejkoy v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Prezident huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekistonda fevral oyidagi inflyatsiya ko‘rsatkichi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 fozizga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 foizga yetgan.
Ta’kidlanishicha, 2023-yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Bu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 foizga oshgandi. Yilning birinchi o‘ttiz kunligida ham narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida o‘rtacha 1 foizga o‘sgani kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, 7-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekistonda 2022-yilda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etgani qayd etilgan edi va prezident tomonidan 2023-yilda inflyatsiya miqdorini 10%dan pastga tushirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0