Bu yil kimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 12,6 million aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 18-40 yoshli 12,6 million aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda 28-fevral kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, shu yilning o‘zida 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
Shuningdek, 40 va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan 6,3 million nafar kishi yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million aholi onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bola dori vositalari bilan ta’minlanadi.
Eshitish zaifligi mavjud bo‘lgan 250 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalari o‘tkaziladi. Qolaversa, bunday amaliyotlar bajarilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlari almashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0