Toqayev uchinchi davlatlar bozoriga tovarlarni sodda tartibda kiritishga oid hujjat imzoladi
© Sputnik / Press-slujba prezidenta Kazaxstana
/ Obuna bo‘lish
Dastlabki prognozlarga ko‘ra, Qozog‘istonning uchinchi davlatlarga eksport ulushi 10 foizga oshishi mumkin.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev uchinchi davlatlar bilan o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Qozog‘iston prezidenti “Uchinchi davlatlar bilan o‘zaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Bitim dastlab amaldagi qonunchilikning barcha talablarini inobatga oladi, shu sababli uni ratifikatsiya qilish Qozog‘iston qonunlariga o‘zgartirishlar kiritmaydi.
Shartnoma amalga oshirilgandan keyin nimalar o‘zgaradi:
tovarlar xavfsizligi va tovar oborotini rivojlantirishda manfaatlar muvozanatini saqlab turgan holda savdodagi texnik to‘siqlarni o‘zaro bartaraf etish mexanizmlari va shartlari orqali ittifoqqa a’zo davlatlarning uchinchi davlatlar va asosiy integratsiya birlashmalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
mahsulot talablariga ekvivalent ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shimcha sinovlarsiz uchinchi mamlakatlar bozorlariga tovarlarni kiritish imkoniyati;
o‘zaro savdoda tovarlarning yakuniy tannarxiga ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlar uchun moliyaviy xarajatlarning kamayishi.
Savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarinning ma’lum qilishicha, 2022-yilda Qozog‘iston va uchinchi davlatlar o‘rtasida xom ashyo bo‘lmagan tovarlar aylanmasi 48,6 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 33,5 foizga yuqori.
“Qozog‘iston Respublikasining qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiluvchi asosiy mamlakatlari Xitoy, O‘zbekiston, Turkiya va Niderlandiyadir. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, uchinchi davlatlarga eksport ulushi 10 foizga oshishi mumkin”, — deydi Savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin.
Qayd etilishicha, Qozog‘istondan uchinchi davlatlarga xom ashyo bo‘lmagan tovarlar eksporti o‘tgan yil davomida 24,8 foizga oshgan va 18,9 milliard dollarni tashkil etgan.