TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Hafta boshida Moskva valyuta birjasida savdolar ochilgan vaqtda kuzatilgan biroz noaniq dinamikadan so‘ng, Rossiya rubli keskin o‘smoqda, deb xabar qildi RIA Novosti. Xususan, Moskva birjasida 20-fevraldan buyon ilk bor dollar kursi 74 rubldan pastga tushdi, Xitoy yuani esa 10,6 rubldan biroz yuqoriroq savdo qilmoqda, yevro esa - 78,5 rubldan pastroq. Ertalabgi hisob-kitoblar uchun dollar kursi allaqachon 60 tiyinga pasaygan. Moskva vaqti bilan 7.40 da 60 tiyinga - 74 rublgacha (bir necha daqiqa oldin u 73,98 rublga tushdi), yuan - 8 tiyinga, 10,63 rublgacha, evro - 83 tiyinga arzonlashdi.
Moskva valyuta birjasida AQSh dollari narxi 74 rubldan pastga tushdi, ertagi kurs - yana 60 tiyin arzonlashdi.
TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Hafta boshida Moskva valyuta birjasida savdolar ochilgan vaqtda kuzatilgan biroz noaniq dinamikadan so‘ng, Rossiya rubli keskin o‘smoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xususan, Moskva birjasida 20-fevraldan buyon ilk bor dollar kursi 74 rubldan pastga tushdi, Xitoy yuani esa 10,6 rubldan biroz yuqoriroq savdo qilmoqda, yevro esa - 78,5 rubldan pastroq.
Ertalabgi hisob-kitoblar uchun dollar kursi allaqachon 60 tiyinga pasaygan. Moskva vaqti bilan 7.40 da 60 tiyinga - 74 rublgacha (bir necha daqiqa oldin u 73,98 rublga tushdi), yuan - 8 tiyinga, 10,63 rublgacha, evro - 83 tiyinga arzonlashdi.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.