Rossiya G‘arbning neft sanksiyalarini hiyla bilan aylanib o‘tdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie kachalki v Tatarstane
Neftanie kachalki v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiga, valyutasi va neftiga cheksiz sanksiyalar kiritgan va bir yildan uning qulashini orziqib kutayotgan AQSh va Yevropa davlatlari to‘satdan bir narsani tushunishdi - bu amalga oshmadi, Rossiya ular qo‘ygan to‘siqlarning barchasini yengib o‘tdi. Batafsil maqolamizda.
TOShKENT, 28 fev – Sputnik. So‘nggi kunlarda ijobiy kayfiyatga to‘yinish uchun G‘arbning yetakchi OAVlarini o‘qish kifoya bo‘lib qoldi. Masalan, The Wall Street Journal yaqinda “rusofobiya” gulxaniga yana benzin sepdi.
OAV xabariga ko‘ra, Yevroittifoq tomonidan Rossiyaning xom nefti va uning qayta ishlab chiqarilgani mahsulotlariga qo‘yilgan radikal cheklovlardan so‘ng Rossiya iqtisodiyati nafaqat barbod bo‘lmadi, balki ancha yaxshi faoliyat yuritmoqda.
Turli sohalarda 20 dan ortiq dunyo bozorlarini diqqat bilan kuzatadigan Kpler xalqaro tahlil kompaniyasi mutaxassislariga fikrlariga ko‘ra, Rossiya neftchilari Yevropa bilan sodir bo‘lgan bir tomonlama ajrimni xotirjam o‘tkazgan va tezda yangi mijozlar, aniqrog‘i Shimoliy Afrika mamlaktlariga o‘z e’tiborlarini qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida YeI AQSh bosimi ostida Rossiyadan neft sotib olishga taqiq kiritgan edi. Bu yilning fevral oyida esa YeIning Rossiya neftiga o‘rnatilgan narx chegarasi va neft mahsulotlarini import qilishga qo‘shilgan taqiq ham kuchga kirdi. G‘arb koalitsiyasi Rossiya iqtisodiyotiga juda katta va qattiq zarba berilganinini tinmasdan gapirishardi, ammo hayot baribir o‘zining achchiq tuzatishlarini kiritdi.

Yana bir tahliliy agentlik - Bruegel ma’lum qilishicha, 2021-yilda (so‘nggi ma’lumotlar chop etilgan yil) mamlakatimiz tomonidan 540 million tonna xom neft qazib olingan bu esa dunyo ishlab chiqarishining 13% ni tashkil etdi. Bundan 260 million tonna xom neft eksport qilindi (jahon bozorining 13%). 280 million tonnasi mamlakat ichida qayta ishlandi, shundan yana 130 million tonnasi benzin, mazut va moylar shaklida xorijga sotildi (jahon bozorining 11%), qolgan 150 million tonnasi esa mamlakat ichki ehtiyojlarini qoplashga yo‘naltirildi.

Eski eksport sxemasida YeI Rossiya neft va neft mahsulotlarining qariyb 60 foizini import qilar edi. Yuqoridagi raqamlarni bilgan holda umumiy hajmni hsioblab chiqish juda oson. Batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, tankerlar har oy Yevropa Ittifoqi portlariga o‘rtacha 6,3 million tonna, neft quvurlari orqali esa 3,2 million tonna yetkazib berilar edi. Ikkinchi asosiy xaridor esa - Xitoy bo‘lib, uning import ko‘rsatkichlari mos ravishda 4,1 va 2,5 million tonnani tashkil etdi. Eng yuqori narxlar chegarasi, kemalarni olib kirish va sug‘urtalash taqiqlanganidan so‘ng, G‘arb (va nafaqat) tahlilchilar rossiyalik sotuvchilarning Xitoy, Hindiston va boshqa Osiyo mamlakatlariga katta chegirma bilan neftni “to‘kib tashlash”dan boshqa iloji yo‘q degan fikrga kelishdi.
Haqiqat va ruscha uddaburonlik tom ma’noda hammani hayratlantirdi.
Masalan, Marokash butun 2021-yilda 600 ming barrel Rossiya neftini import qilgan bo‘lsa, 2023-yilning yanvari oyida bu ko‘rsatkich ikki millionga yetgan. Xuddi shu Kpler fevral oyi oxirigacha marokashliklar yana 1,2 million barrel sotib olishini ishonch bilan ma’lum qilmoqda. Bozor tahlili xuddi shunday tendensiyalar Jazoir va Misrda ham kuzatilishini ko‘rsatmoqda. Neft asosidagi har xil turdagi polietilen, plastik va plastmassalar ishlab chiqaradigan kimyo sanoati rivojlangan Tunis yanvar oyida 2,8 million, fevralda esa yana 3,1 million barrel Rossiyadan ishlab chiqarilgan neft sotib oldi.
Rossiyani oldindan "dafn etgan" G‘arb bashoratchilari buni hech kutmagan edi, lekin oddiy jug‘rofiya hammasini o‘z joyiga qo‘ydi.

To‘satdan Rossiyada nafaqat o‘z (kichik bo‘lsada) tankerlar floti balkim do‘stona mamlakatlarda ham bunday kemalar borligi va Boltiqbo‘yi portlaridan Shimoliy Afrika portlarigacha Xitoy va Singapurga qaraganda ancha yaqinroq ekani ham ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni, G‘arb tahlilchilari o‘ylagan, Rossiyadan Osiyoga neft tashishi yo‘li uzoq bo‘lishi va bu qimmatga tushishi va logistika muammolari paydo bo‘ladi degan umidlar - puchga chiqdi. Natijada, bir yildan ortiqroq vaqt davomida Rossiyaning qulashini kutayotgan G‘arb hamjamiyati - g‘azabga to‘lib-toshdi.

Amerikaning Bloomberg agantligi umumiy manzarani o‘z ranglari bilan to‘ldirdi. Ular Rossiya neftiga qarshi kurash deyarli barcha jabhalarda boy berilgani va bunga nafaqat ruslarning uddaburronligi, balkim har kuni Vashingtonga sodiq do‘stmiz deb qasam ichayotgan "eski dunyolik" hamkorlar ham aybdorligi aytib o‘tilgan. Nashr jurnalistlari o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, dengiz va okean bo‘shliqlarida quyidagi sxema faol ishlamoqda: Rossiya nefti bir tankerdan ikkinchisiga quyilib, boshqa hujjatlar bilan to‘g‘ri Yevropaga kirib klmoqda. Ana shunday “fabrika”lardan ikkitasi Gretsiya va Shimoliy Amerika qirg‘oqlari yaqinida kechayu kunduz ishlamoqda. Oddiy ko‘zbo‘yamachilik tufayli rus nefti an’anaviy bozorlarga keng oqimda tushishda davom etmoqda.

Yana bir qo‘rqinchli va yashirin muammo shundaki, embargoga rioya qilmaganlarga qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatayotgan Yevropaning o‘zi Rossiya nefti, mazut va benzinini import qilishda davom etmoqda.

Buning uchun sanksiyalar po‘lat panjarasida ham maxsus bo‘shliq qoldirilgan: unga ko‘ra, agar rus nefti boshqa mamlakat qora oltini bilan biroz aralashtirilgan bo‘lsa (hatto bir tomchi bo‘lsa ham) - bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Neft, go‘yo, tozalangan - va endi uni sotib olish mutlaqo qonuniy hisoblanadi.

Biroz oldin shunday siyosiy latifa bo‘lar edi: Ukraina qanday ittifoqqa qo‘shilmasin - uni albatta parchalab yuboradi. Hozirgi vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda yerda hazildan ko‘ra haqiqat ko‘proq. Biroz oldin Yevropa Ittifoqida Rossiya nefti, gazi va ko‘miri bor edi. Endi bo‘lsa yevropaliklarda faqat Ukraina va cheksiz "xiyonat g‘ildiragi" bor.
Yangiliklar lentasi
0