O‘zbekistonda yana qaysi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatiladi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab qator obyektlarda jami 1985 kVt quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bu yil “O‘zbekneftgaz” obyektlarida jami 1985 kVtli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, shu yil so‘nggiga qadar “O‘zbekneftgaz”ning O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan barcha korxona va tashkilotlari binolarini ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

"Rejaga asosan “O‘zbekneftgaz” AJ jamiyat tasarrufidagi boshqarmalar, korxonalar va neft bazalarning ma’muriy binolari va ijtimoiy soha obyektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlarning samarasi o‘laroq, o‘tgan yili “O‘zbekneftgaz” boshqaruv apparati binolariga 170 kVt, jamiyat tasarrufidagi korxona va boshqarmalarning ma’muriy binolariga 211 kVt va neft bazalarda 95 kVt bo‘lgan jami 476 kVt Quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi", — deyilgan xabarda.

Ayni paytda quyidagi obyektlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda:
Muborak gazni qayta ishlash zavodida 600 kVt;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 540 kVt;
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 65 kVt;
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida 50 kVt;
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 550 kVt;
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 150 kVt;
“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJda 5 kVt;
Usturt gaz qazib chiqarish boshqarmasida 25 kVt.
Bundan tashqari, jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish masalalari o‘rganib chiqilgan.
Obyektlarda 2023-yilning birinchi yarim yilligida quyidagilar o‘rnatiladi:
quvvati 420 kVt bo‘lgan 22 komplekt quyosh fotoelektrik stansiya;
umumiy hajmi 3 800 litr bo‘lgan 24 komplekt quyosh suv qizdirgich;
umumiy quvvati 79 kVt bo‘lgan 520 dona quyosh panelli yoritkichlar.
“Ushbu qurilmalar orqali obyektlarning elektr energiya iste’mol hajmini 38 foizi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Chora tadbirlarning amalga oshirish natijasida 2 619,7 ming kVt-soat elektr energiyasi yoki 2,095 milliard so‘m pul mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Natijada shu miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun atrof-muhitga 1058,3 tonna (SO2) zaharli issiqxona gazlari ajralishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zbekneftgaz” boshqaruv apparati binolariga 170 kVt, jamiyat tasarrufidagi korxona va boshqarmalarning ma’muriy binolariga 211 kVt va neft bazalarda 95 kVt bo‘lgan jami 476 kVt Quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0