O‘zbekiston korxonalari Moskvadagi yarmarkada ishtirok etmoqda

© SputnikUzbekskie platya
Uzbekskie platya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir 28-fevraldan 2-martgacha Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) da bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonning 10 ga yaqin korxonalari Moskvadagi “Tekstillegprom” 59-Federal ulgurji yarmarkasida ishtirok etmoqda. Tadbir 28-fevraldan 2-martgacha Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) da bo‘lib o‘tadi.
“Ekspozitsiyada Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Xitoy, Braziliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Fransiya kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etdi”, - deb xabar beradi VDNX matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bu yerda to‘qimachilik va yengil sanoat uchun eng yangi uskunalar, xomashyo, tabiiy va kimoviy tolalar, ip-kalava va bo‘yoqlarni ko‘rish mumkin.
Yarmarkaga tashrif buyuruvchilarga matolar, ashyolar, tikuvchilik buyumlari, kiyim-kechak va boshqa tovarlarning keng tanlovi ham taklif etilmoqda.
Yarmarka doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari va mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0