"Osiyo bolalari–2023": o‘zbekistonlik sportchilar musobaqani g‘alaba bilan boshlashdi

© Direksiya "Deti Azii 2023" GAU“Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari
“Osiyo bolalari” II  qishki o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari boshlandi. Unda 12 davlatdan kelgan 19 jamoa, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Rossiyaning Kuzbass shahrida “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari boshlandi. Unda 12 davlatdan tashrif buyurgan 19 jamoa, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. O‘zbekiston ushbu o‘yinlarda figurali uchish va xokkey sport turlarida qatnashmoqda.
Ayni paytga kelib, figurali uchish bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan Timur Zvagin 15 natijani qayd etdi.
Qizlar Amaliya Sulaymonova va Sofiya Vidrina qisqa dasturdan keyin mos ravishda 16 va 18 o‘rinda ketishmoqda. Bugun ular erkin dasturdagi chiqishlarini namoyish etishadi.
Xokkeychilar esa musobaqadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Kemerovo jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 7:5 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Musobaqaning II divizionidan joy olgan yosh xokkeychilar bugun saralashdagi ishtirokini boshlashadi.
Eslatib o‘tamiz, “Osiyo bolalari” IIqishki xalqaro sport o‘yinlari 5-martga qadar bo‘lib o‘tadi. Birinchi marta musobaqalar bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlar — Kemerovo, Novokuznetsk, Mejdurechensk, Toshtagol va Sheregesh tomonidan o‘tkaziladi. Dasturga qishki sportning o‘nta turi, jumladan chang‘i, konkida uchish, xokkey, snoubord, figurali uchish va boshqalar kiradi. Xokkey turniri doirasida O‘zbekistonning 2007-2008 yillar terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0