https://oz.sputniknews.uz/20230228/jsst-vabo-epidemiyasi-tufayli-bir-milliard-kishining-salomatligi-xavf-ostida-32549228.html
JSST: Vabo epidemiyasi tufayli bir milliard kishining salomatligi xavf ostida
JSST: Vabo epidemiyasi tufayli bir milliard kishining salomatligi xavf ostida
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan haftaning o‘zida uchta davlatda yangi epidemiyalar qayd etilgan. 28.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-28T10:36+0500
2023-02-28T10:36+0500
2023-02-28T10:36+0500
dunyoda
jsst
vabo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21247895_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_35fc6250b149f5f525ea2d6fc1647fd4.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Hozir dunyoning 43 mamlakatida yashovchi 1 milliarddan ortiq kishi vabo xastaligini yuqtirish xavfi ostida. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonotida aytiladi.Ta’kidlanishicha, o‘tgan haftaning o‘zida uchta davlatda yangi epidemiyalar qayd etilgan. Shu tariqa mazkur kasallik ro‘yxatga olingan davlatlar soni 22 taga yetdi.JSST tahliliga ko‘ra, kasallikning avj olishiga tabiiy ofatlar, ba’zi mintaqalarda qashshoqlik kuchayishi va harbiy to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan.O‘z navbatida, xalqaro ekspertlar vabo bilan kasallanganlar o‘rtasida o‘lim darajasi keskin ortganidan jiddiy xavotirda.Vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, har yili o‘rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21247895_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cb9e286eae767cb919f3e0296b9ac05b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jsst, vabo
JSST: Vabo epidemiyasi tufayli bir milliard kishining salomatligi xavf ostida
O‘tgan haftaning o‘zida uchta davlatda yangi epidemiyalar qayd etilgan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Hozir dunyoning 43 mamlakatida yashovchi 1 milliarddan ortiq kishi vabo xastaligini yuqtirish xavfi ostida. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonotida
aytiladi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan haftaning o‘zida uchta davlatda yangi epidemiyalar qayd etilgan. Shu tariqa mazkur kasallik ro‘yxatga olingan davlatlar soni 22 taga yetdi.
Vabo tarqalishi tendensiyasi 2022-yilda boshlangan va bir yil oldingiga nisbatan 50 foiz ko‘proq hududga kirib borgan.
JSST tahliliga ko‘ra, kasallikning avj olishiga tabiiy ofatlar, ba’zi mintaqalarda qashshoqlik kuchayishi va harbiy to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan.
Mutaxassislar fikricha, kelgusida iqlim o‘zgarishi va global isish tufayli muammo yanada keskinlashishi mumkin. Shuningdek, dunyoning ko‘plab nuqtalarida kuzatilayotgan toza ichimlik suvi tanqisligi muammo ko‘lami ortishiga olib keladi.
O‘z navbatida, xalqaro ekspertlar vabo bilan kasallanganlar o‘rtasida o‘lim darajasi keskin ortganidan jiddiy xavotirda.
Vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, har yili o‘rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.