Abdulla Oripov haqida film suratga olindi

© Fotouz.uzAbdulla Oripov
Abdulla Oripov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Film O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili shoirning vataniga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga ko‘ra suratga olingan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda “Abdulla Oripov” badiiy filmi ustida ish o‘z nihoyasiga yetdi. Filmda atoqli shoirning hayoti va ijodiy yo‘lining bosqichlari haqida so‘z boradi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi axborot xizmati.
Suratga olish ishlari Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent, shuningdek, Oripov hayotining so‘nggi yillarini o‘tkazgan Xyuston va Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi.
Filmda Qudratilla Burxonov, Gulchehra Jamilova, Shodmonqul Salom va Rayhon Asadova rol ijro etgan. Rejissor Muzaffarxon Erkinov.
Film O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili shoirning vataniga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga ko‘ra suratga olingan.
Abdulla Oripov o‘zbek shoiri, O‘zbekiston madhiyasi so‘zlari muallifi. U Dante, Nekrasov, Shevchenko, Kuliyev va boshqa ko‘plab xorijiy mualliflarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Birinchi va ikkinchi chaqiriq deputati, Oliy Majlis senatori bo‘lgan. 1998-yilda Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni berilgan.
Yangiliklar lentasi
0