Zulfiya tarjimai holiZulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning O‘qchi mahallasida hunarmand-ishchilar oilasida tavallud topgan. She’rga, so‘zga, adabiyotga muhabbat unda bolaligida oialsidagi muhit sababli paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Ayniqsa, bunda onasi Xadichabegimning roli katta:O‘rta maktab va ayollar pedagogik bilim yurtini a’lo baholarga tugatgan Zulfiya respublikaning turli gazeta jurnallarida faoliyat yuritadi. Ilk she’ri “Men ish qizi” nomi bilan 1931-yili “Ishchi” gazetasida chop etiladi. Havaskor shoiraning bu kabi ilk she’rlari “Yangi yo‘l” jurnali, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida chop etiladi.1932 yil 17 yoshida ilk she’riy to‘plami “Hayot varaqalari” nomi bilan chop etiladi. Ular asosan yoshlik, muhabbat, inson qalbi haqida edi. 1938-yillarda u turli yirik nashriyotlarda, gazeta-jurnallarda faoliyat yuritadi, turli respublika va respublikalararo tashkilotlariga a’zo bo‘ladi.Ayollar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, 1935-yilda Zulfiya O‘zbekiston fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o‘qishga kiradi. Aynan shu paytlar institutda Hamid Olimjon ham faoliyat yuritar edi. Keyinchalik o‘qituvchi Hamid Olimjon va talaba Zulfiya o‘rtasidagi iliq munosabatlar muhabbatga aylanib, 1935-yilning 23-iyul kuni ikkisi oila quradi.Zulfiya 1941-1950 yillarda O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri, 1950 – 53-yillarda “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, va keyinchalik bosh muharrir bo‘lib faoliyat yuritadi. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda, Zulfiya ham ijodkorlar do‘stlari safida turib urushning birinchi oylaridayoq biri otasini, biri o‘g‘lini, biri og‘a-inisini, biri sevimli yorini frontga kuzatib, ular o‘rnida kunni tunga ulab mehnat qilayotgan o‘zbek ayollarining lirik obrazini yaratishga kirishadi. Shoiraning 1942-yil kuzida yozilgan ,,Hijron“ sarlavhali she’rida hijronning achchiq damlarida orzu-umidini so‘ndirmagan yosh kelin obrazini ko‘rish mumkin:... Yorim, sevar yorim jo‘nadi jangga,Mening yuragimga tushdi hijron-dog‘.Men sevgan dildorningsevgan yurti bor,Ishq doim erk uchun hijronga rozi.Bu hijron mangumas, visoli ham bor –Qahraton qishlarning bo‘lganday yozi.Shoiraning shoir Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlab yaratgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish” va boshqa to‘plamlaridan joy olgan she’rlari tuyg‘ular, falsafiy umumlashmalar hayotga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar turkumiga kiradi.Zulfiya she’rlari1944 yil turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon avtohalokatda vafot etadi. Shoiraning shoir Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlab yaratgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish” va boshqa to‘plamlaridan joy olgan she’rlari tuyg‘ular, falsafiy umumlashmalar hayotga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar turkumiga kiradi.Zulfiyaning 1947-yilda yozilgan ,,Bahor keldi seni so‘roqlab“ she’ri insoniy muhabbatni haqqoniy tasvirlovchi badiiy pishiq, ta’sir kuchi g‘oyat o‘tkir she’r bo‘lib, bahor kechalarida lirik qahramonning bedor qalbini qiynayotgan hijron nidosidir.1950-yillarning yarmida Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o‘tgan harakatida faol qatnashib, ko‘plab mamlakatlarda bo‘ladi. Hindiston, Misr, Yaponiya kabi mamlakatlariga qilgan sayohati shoirada chuqur iz qoldiradi. "Mushoira", "O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush", "Qozog‘iston o‘lanlari", "Men chizolmagan surat" singari she’rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi.Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim…Hayot kitobimni bexos varaqlab,Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab,Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,Yurak boyligidan qilmabman parvo.Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,Yangi qo‘shiq talab unda har saboh.Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:Suydim,Erkalandim,Ayrildim,Kuydim,Izzat nima — bildim.Shu-da bir yashash!..Zulfiya she’rlarida tasvir etilayotgan hayot ko‘lami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo‘ldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „O‘ylar“ (1965) she’riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), "Yillar, yillar…" (1975) she’riy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning so‘nggi safariga bag‘ishlangan "Quyoshli qalam" (1970) dostonini yaratdi. Shoira bolalarga bag‘ishlangan "Lolaqizg‘aldoq", (1975) she’rlar turkumini ham yozdi.Bundan tashqari, shoira A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikan, E. Ognesvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, E. Bagranalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yoshSog‘inganda izlab bir nishon,Qabring tomon olar edim yo‘l.Keltirarding menga bir zamon,Endi har chog‘ men eltaman gul.Keldim. Uzoq qoldim men sokin,Sening aziz boshingda yolg‘iz,Osmon tiniq edi va lokin,Parcha bulut yetib keldi tez.Ko‘kda mening boshimda turib,Go‘yo yuragimda qalqdi u.Kozimdagi yoshimni koribU ham to‘kdi yoshini duv-duv.Biz yig‘ladik tepangda shu kun,Keldingmi deb ko‘tarmading bosh.Ayt-chi, senla baxtiyor onlarKo‘rganmiding ko‘zlarimda yosh?Zulfiya 1968-yilda Hindistonning Javoharlal Neru, 1971-yilda xalqaro “Nilufar” hamda 1970-yilda Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeniga sazovor bo‘lgan.Baxtim shu- o‘zbekning Zulfiyasiman2017 yilning 3-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan atoqli va iste’dodli shoirlar Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax shahridagi 1902-yilda qurilgan “Xo‘ja Nuriddin” madrasasi qayta rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tashkil etilgan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan viloyatda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi yaratilgan.Bundan tashqari Hamid Olimjon va Zulfiya hayotiga bag‘ishlab O‘zbekiston Kinematografiya agentligining buyurtmasiga binoan 2022-yilda “Muhabbat bahori” badiiy filmi suratga olingan. Unda shoira obrazini aktrisa Shahnoza Hojimurodova, Hamid Olimjon obrazini esa aktor Hamza Hasanov gavdalantirgan.Zulfiya nomidagi davlat mukofoti haqidaO‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan. Mukofot 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikki nafar vakillariga bir yilda jami 28 ta beriladi. Pul mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorini tashkil etadi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bo‘lgan maktab, litsey, kollej o‘quvchilari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.So‘nggi yillarda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgor qizlar yo‘nalishlari ko‘paytirilmoqda. Jumladan, davlat mukofotini axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan qizlarga ham berish rejalashtirilmoqda
zulfiya shoira zulfiyaxonim she’rlar biografiya tarjimai xotirasi she’ralari hamid olimjon bahor keldi seni so‘roqlab o‘rik gullaganda zulfiya shoira zulfiyaxonim sheʼrlar biografiya tarjimai xotirasi sheʼralari hamid olimjon bahor keldi seni so‘roqlab o‘rik gullaganda
zulfiya shoira zulfiyaxonim she’rlar biografiya tarjimai xotirasi she’ralari hamid olimjon bahor keldi seni so‘roqlab o‘rik gullaganda zulfiya shoira zulfiyaxonim sheʼrlar biografiya tarjimai xotirasi sheʼralari hamid olimjon bahor keldi seni so‘roqlab o‘rik gullaganda
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiya hayoti va ijodi hamda uning eng mashhur she’rlari haqida batafsil Sputnik sahifalarida o‘qing.
Zulfiya tarjimai holi
Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning O‘qchi mahallasida hunarmand-ishchilar oilasida tavallud topgan. She’rga, so‘zga, adabiyotga muhabbat unda bolaligida oialsidagi muhit sababli paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Ayniqsa, bunda onasi Xadichabegimning roli katta:
– Onamning qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag‘ishlar, o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etar edi. Hozirgidek charog‘on davrda yashasa, onam yo shoira, yo olima bo‘lardi. Shunga aminmanki, mo‘’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda maktab ko‘rmagan ana shu onam uyg‘otgandi, – deb yozadi Zulfiya o‘zining tarjimai holida.
O‘rta maktab va ayollar pedagogik bilim yurtini a’lo baholarga tugatgan Zulfiya respublikaning turli gazeta jurnallarida faoliyat yuritadi. Ilk she’ri “Men ish qizi” nomi bilan 1931-yili “Ishchi” gazetasida chop etiladi. Havaskor shoiraning bu kabi ilk she’rlari “Yangi yo‘l” jurnali, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida chop etiladi.
1932 yil 17 yoshida ilk she’riy to‘plami “Hayot varaqalari” nomi bilan chop etiladi. Ular asosan yoshlik, muhabbat, inson qalbi haqida edi. 1938-yillarda u turli yirik nashriyotlarda, gazeta-jurnallarda faoliyat yuritadi, turli respublika va respublikalararo tashkilotlariga a’zo bo‘ladi.
Ayollar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, 1935-yilda Zulfiya O‘zbekiston fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga o‘qishga kiradi. Aynan shu paytlar institutda Hamid Olimjon ham faoliyat yuritar edi. Keyinchalik o‘qituvchi Hamid Olimjon va talaba Zulfiya o‘rtasidagi iliq munosabatlar muhabbatga aylanib, 1935-yilning 23-iyul kuni ikkisi oila quradi.
Zulfiya 1941-1950 yillarda O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri, 1950 – 53-yillarda “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, va keyinchalik bosh muharrir bo‘lib faoliyat yuritadi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda, Zulfiya ham ijodkorlar do‘stlari safida turib urushning birinchi oylaridayoq biri otasini, biri o‘g‘lini, biri og‘a-inisini, biri sevimli yorini frontga kuzatib, ular o‘rnida kunni tunga ulab mehnat qilayotgan o‘zbek ayollarining lirik obrazini yaratishga kirishadi. Shoiraning 1942-yil kuzida yozilgan ,,Hijron“ sarlavhali she’rida hijronning achchiq damlarida orzu-umidini so‘ndirmagan yosh kelin obrazini ko‘rish mumkin:
... Yorim, sevar yorim jo‘nadi jangga,
Mening yuragimga tushdi hijron-dog‘.
Men sevgan dildorningsevgan yurti bor,
Ishq doim erk uchun hijronga rozi.
Bu hijron mangumas, visoli ham bor –
Qahraton qishlarning bo‘lganday yozi.
Shoiraning shoir Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlab yaratgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish” va boshqa to‘plamlaridan joy olgan she’rlari tuyg‘ular, falsafiy umumlashmalar hayotga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar turkumiga kiradi.
Zulfiya she’rlari
1944 yil turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon avtohalokatda vafot etadi. Shoiraning shoir Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlab yaratgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish” va boshqa to‘plamlaridan joy olgan she’rlari tuyg‘ular, falsafiy umumlashmalar hayotga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar turkumiga kiradi.
Zulfiyaning 1947-yilda yozilgan ,,Bahor keldi seni so‘roqlab“ she’ri insoniy muhabbatni haqqoniy tasvirlovchi badiiy pishiq, ta’sir kuchi g‘oyat o‘tkir she’r bo‘lib, bahor kechalarida lirik qahramonning bedor qalbini qiynayotgan hijron nidosidir.
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni, O‘rik gullarining eding maftuni. Har uyg‘ongan kurtak, hayot bergan kabi Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda, Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi. Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini, Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog‘laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga, Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan. Singib yosh kuydirgan zafar yonog‘imga Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari, Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
"Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan? "Baxtim bormi deya", yakkash so‘roqlab Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho‘x na’shidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko‘klamda sen parishonxol?"
Qanday javob aytay, loldir tillarim, Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga. U ham gaming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi, Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok. Sening yoding bilan yelib beqaror, Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri, Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq. Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi jo‘shqin zabardast. O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
1950-yillarning yarmida Zulfiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida o‘tgan harakatida faol qatnashib, ko‘plab mamlakatlarda bo‘ladi. Hindiston, Misr, Yaponiya kabi mamlakatlariga qilgan sayohati shoirada chuqur iz qoldiradi. "Mushoira", "O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush", "Qozog‘iston o‘lanlari", "Men chizolmagan surat" singari she’rlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi.
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim…
Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab, Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo‘shiq talab unda har saboh.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima — bildim. Shu-da bir yashash!..
Zulfiya she’rlarida tasvir etilayotgan hayot ko‘lami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo bo‘ldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „O‘ylar“ (1965) she’riy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), "Yillar, yillar…" (1975) she’riy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning so‘nggi safariga bag‘ishlangan "Quyoshli qalam" (1970) dostonini yaratdi. Shoira bolalarga bag‘ishlangan "Lolaqizg‘aldoq", (1975) she’rlar turkumini ham yozdi.
Bundan tashqari, shoira A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikan, E. Ognesvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, E. Bagranalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh
Sog‘inganda izlab bir nishon, Qabring tomon olar edim yo‘l. Keltirarding menga bir zamon, Endi har chog‘ men eltaman gul.
Keldim. Uzoq qoldim men sokin, Sening aziz boshingda yolg‘iz, Osmon tiniq edi va lokin, Parcha bulut yetib keldi tez.
Ko‘kda mening boshimda turib, Go‘yo yuragimda qalqdi u. Kozimdagi yoshimni korib U ham to‘kdi yoshini duv-duv.
Biz yig‘ladik tepangda shu kun, Keldingmi deb ko‘tarmading bosh. Ayt-chi, senla baxtiyor onlar Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh?
Zulfiya 1968-yilda Hindistonning Javoharlal Neru, 1971-yilda xalqaro “Nilufar” hamda 1970-yilda Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeniga sazovor bo‘lgan.
2017 yilning 3-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan atoqli va iste’dodli shoirlar Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax shahridagi 1902-yilda qurilgan “Xo‘ja Nuriddin” madrasasi qayta rekonstruksiya qilinib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tashkil etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan viloyatda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi yaratilgan.
Bundan tashqari Hamid Olimjon va Zulfiya hayotiga bag‘ishlab O‘zbekiston Kinematografiya agentligining buyurtmasiga binoan 2022-yilda “Muhabbat bahori” badiiy filmi suratga olingan. Unda shoira obrazini aktrisa Shahnoza Hojimurodova, Hamid Olimjon obrazini esa aktor Hamza Hasanov gavdalantirgan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan. Mukofot 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikki nafar vakillariga bir yilda jami 28 ta beriladi. Pul mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorini tashkil etadi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari bo‘lgan maktab, litsey, kollej o‘quvchilari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
So‘nggi yillarda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgor qizlar yo‘nalishlari ko‘paytirilmoqda. Jumladan, davlat mukofotini axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan qizlarga ham berish rejalashtirilmoqda