Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Mehnat migrantlariga qanday yordam berilmoqda?

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka oʻtishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xorijiy ish beruvchilardan Oʻzbekiston fuqarolarining 1 199,7 ming AQSH dollari miqdorida ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilishida amaliy yordam koʻrsatilgan.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. 2022 yilda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 14 ming nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam koʻrsatildi. Bu haqda Senat axborot xizmati maʼlum qildi.
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarining buzilishi, xususan, majburiy mehnatga jalb etilayotganligi, oylik ish haqlarini oʻz vaqtida ololmayotganligi yoki noqulay sharoitlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi yuzasidan ayrim xabarlar chop etildi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarolarining nafaqat mamlakat hududida, balki xorijiy davlatlarda ham mehnat sohasidagi huquqlari buzilishining oldini olish boʻyicha Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan zarur choralar koʻrib borilmoqda.
“2022 yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda elchixonalarimiz va konsullik idoralarimiz tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 14 ming nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 271 ming nafariga maslahat xizmatlari, 20 ming nafariga ijtimoiy yordam, 3,8 ming nafariga moddiy yordam, 1,4 ming nafariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xorijiy ish beruvchilardan Oʻzbekiston fuqarolarining 1 199,7 ming AQSH dollari miqdorida ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilishida amaliy yordam koʻrsatilgan.
Qayd etilishicha, bu borada Milliy komissiya tomonidan xorijiy davlatlarning parlamentlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot bilan yaqindan konstruktiv hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

“Aziz yurtdoshlar, agar siz majburiy tarzda biron-bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, ish haqini oʻz vaqtida bermaslik bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lari, dmi.mehnat.uz sayti orqali yoki “@mehnathuquq_bot” va https://t.me/migratsiyaagentligi telegram kanali orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, har bir maʼlumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan oʻrganib chiqiladi va tegishli zarur choralar koʻriladi. Shuningdek, murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
Yangiliklar lentasi
0