Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya artilleriyachilari Xerson yaqinidagi Ukraina QKning texnika bazasiga zarba berdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota raschetov artilleriyskix ustanovok "Akatsiya" na Zaporojskom napravlenii
Rabota raschetov artilleriyskix ustanovok Akatsiya na Zaporojskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya artilleriyachilari Xerson yaqinidagi Ukraina qo‘shinlarining avtoturargohiga zarba berdi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Kechasi Rossiya artilleriyachilari Xerson yaqinidagi Tomina Balka yaqinidagi Ukraina qo‘shinlarining harbiy texnika turargohiga zarba berdi, deb xabar berdi vaziyatdan xabardor manba RIA Novosti agentligiga.
“Raqibning yo‘qotishlari 6ta avtomobil texnikasini tashkil etdi, Ukraina QKning 12 nafar askari halok bo‘ldi, 6 nafari yaralandi”, — deb aniqlik kiritdi manba.
Kecha tunda ham artilleriyachilar Xerson viloyatidagi Tomarino qishlog‘i yaqinida 2C1 “Gvozdika” gaubitsasini o‘q-dorilar va besh kishilik ekipaj bilan yakson qildi.
Bir kun avval viloyat markazining Kamishani tumanida ittifoqchi kuchlar AQShda ishlab chiqarilgan Ukraina AN/TPQ radiolokatsion stansiyasini hamda uni olib ketayotgan avtomobilni yo‘q qilgani xabar qilingandi. Ukraina QKning uch nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.
2022 yil 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Prezident Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, uning yakuniy maqsadi — Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0