Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Mutaxassis oshqozon-ichak tizimi uchun eng zararli mahsulotlarni aytdi

© Foto : Pixabay / FotoshopTofsZdorovoe pitanie
Zdorovoe pitanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning aytishicha, qizil go‘sht va go‘sht mahsulotlari oshqozon ichak tizimi uchun eng zararli mahsulotlar hisoblanadi.
Tibbiyot fanlari nomzodi, parhezshunos, kardiolog shifokor Svetlana Pavlichenkoning aytishicha, shakarga boy va ozuqaviy tolasi kam bo‘lgan mahsulotlar oshqozon-ichak tizimi uchun zararli hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mahsulotlarga shirinliklar va qadoqlangan sharbat, shuningdek, qizil go‘sht va go‘sht mahsulotlari kiradi.
Qolaversa, turli xil kimoviy moddalarni o‘z ichiga olgan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ham oshqozon-ichak trakti uchun eng xavfli mahsulotlarga kiradi. Oshqozon-ichak traktining normal ishlashida ozuqa moddalarining so‘rilishida ishtirok etadigan ozuqaviy tolalar zarur.
“Chuqur qayta ishlanadigan mahsulotlar tarkibida rafinadlangan uglevodlar bor. Muntazam iste’mol qilinganda, ular ichaklar faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi”, - deydi shifokor.
Ta’kidlash joiz, chuqur qayta ishlangan mahsulotlar tarkibida asosan uy sharoitida foydalanilmaydigan moddalar bo‘ladi, ya’ni bo‘yoqlar, shirinlashtiruvchi moddalar, aromatizatorlar, stabilizatorlar, emulgator va boshqa kimoviy moddalar.
Konfetlar, muzqaymoq, kolbasa, energetik va gazli ichimliklar, bulochka va tortlar, chipslar, sous, tezpishar lapshalar- chuqur qayta ishlanadigan mahsulotlar hisoblanadi.
Pavlichenko ortiqcha shakarni iste’mol qilish ichak mikrobiomasining muvozanatini buzishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. “Bundan tashqari, shakar jigarning yog‘li degeneratsiyasiga olib keladi”,- deydi kardiolog.
Yangiliklar lentasi
0