Mahmud Murodov – biografiya

© Sosseti / Makhmud MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbek UFC jangchisi, professional sportchi Mahmud Murodovning karyerasi, shaxsiy hayoti, yutuqlari haqida – batafsil Sputnik materialida.
Mahmud Murodov 1990-yil 8-fevral kuni Tojikistonda tug‘ilgan. 1992-yilda oilasi bilan Buxoro viloyatiga ko‘chib kelgan. 14 yoshida otasi avtohalokat tufayli vafot etadi, 17 yoshida u Rossiyaning Tomsk shahriga ishlash uchun ketadi. U yerda qo‘riqchi bo‘lib ishlaydi va sheriklari bilan sport bilan shug‘ullanadi.

Sport karyerasi

2012 yili Murodov sportdagi karyerasini boshlaydi. O‘sha vaqtda hali unchalik tanilmagan K1EL promousheni homiyligida debut jang olib borgan. 2019-yilda UFC jangida Mahmud Murodov ilk bor Alessio Di Kiriko bilan kurashgan. Unda hakamlarning bir ovozdagi qarori bilan o‘zbek jangchisi g‘alaba qozongan edi. Murodov sportdagi faoliyatida 33 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan, durang natija qayd etilmagan.
© Facebook / XFNBoyes smeshannix yedinoborstv iz Uzbekistana Maxmud Muradov
Boyes smeshannix yedinoborstv iz Uzbekistana Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Boyes smeshannix yedinoborstv iz Uzbekistana Maxmud Muradov
Tepaga qarab zarba berish qobiliyati uchun Mahmud Murodovga "Uchar o‘zbek"deb nom qo‘yishgan. U 83.91 kg bo‘lib, o‘rta vazn toifasiga kiradi. Bo‘yi - 187.96 sm.
Mahmud Murodov Mutlaq jangchilik chempionati UFC bilan 2019-yilda rasman shartnoma imzolagan. Bu haqda Murodovning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan edi.

“Men UFC’dagi birinchi o‘zbekman. Chunki dunyoning eng kuchli tashkiloti UFC bilan shartnoma imzoladim. O‘z og‘a-inilarim jamoasiga qilingan ish uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Birgalikda tarix yasaymiz. Qo‘llab-quvvatlovingiz, menga ishonganingiz uchun katta rahmat. Birgalikda navbatdagi g‘alaba sari olg‘a boramiz”, - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga izoh qoldirgan edi.

Shaxsiy hayot

Professional sportchi chexiyalik model Monika Bagarovaga uylangan. 2020-yilda Rumiya ismli qiz farzand ko‘rishgan. Hozirda ular Toshkentda istiqomat qiladi.
© Instagram/bagarovamonikaUzbekskiy boyes Maxmud Muradov i yego devushka jdut rebenka
Uzbekskiy boyes Maxmud Muradov i yego devushka jdut rebenka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Uzbekskiy boyes Maxmud Muradov i yego devushka jdut rebenka
2022 yilda Mahmud Murodov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi. Bu haqda sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.“O‘zbekiston Respublikasiga va prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!”, — deya izoh qoldirgan.
© Foto: Sosseti Maxmuda MuradovaBoyes UFC Maxmud Muradov postupil na slujbu v Voorujennie sili Uzbekistana
Boyes UFC Maxmud Muradov postupil na slujbu v Voorujennie sili Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Boyes UFC Maxmud Muradov postupil na slujbu v Voorujennie sili Uzbekistana

Yutuqlar

Mahmud Murodovning janglarida o‘ziga xos tezlik taktikasi, kuchli zarbasi va jismoniy salohiyati yuqoriligini ko‘rish mumkin.
Deyan Topalskiy, Tomas Penz, Edvaldo Xose de Oliveyra, Patrik Yevisko, Endryu Sancheskabi raqiblarini texnik nokaut bilan, Piter Kepkovich, Damian Chandzel va ko‘plab raqiblarini og‘riqli zarbalar, tezkorlik bilan yutgan.

MPL

Sportchi professional sportchilar tarkibidan iborat o‘z promouterligi ostida Muradov Professional League kompaniyasiga asos soldi. 2021-yilda liganing ilk turnir janglari o‘tkazilgan.
© Assotsiatsiya smeshannix yedinoborstv UzbekistanaMaxmud Muradov
Maxmud Muradov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Maxmud Muradov
Hozirda liga tarkibida Ramazan Temurov, Muhiddin Mamajonov, Umar Karimov, Bobur Qurbonov, Islom Kamaldinov va boshqa shu kabi sportchilar kurashadi.

Navbatdagi jang

Sportchining navbatdagi jangi 11-mart kuni AQShning Las-Vegas shahridagi The Theater at Virgin Hotels arenasida bo‘lib o‘tadi.
© InstagramMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Maxmud Muradov
Sportchi rossiyalik o‘rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Abusufon Magomedovga qarshi jangga tushadi. Qizig‘i shundaki, ikkala sportchining yoshi teng bo‘lib, hatto sportdagi faoliyatida o‘tkazgan janglar soni ham yaqin.
Magomedovda 30 ta jang, 25 ta g‘alaba, 4-marta mag‘lubiyat va 1-marta durang.
Yangiliklar lentasi
0