“Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibiga avtomobil topshirildi

© Yoshlar ishlari agentligi direktori “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi
“Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2023
Obuna bo‘lish
Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Maxmatosheva Marhabo Abdurahmon qizi Spark avtomobili bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Maxmatosheva Marhabo Abdurahmon qizi (Samarqand viloyati) prezident sovg‘asi – Spark avtomobili bilan taqdirlangan.
2-o‘rinni egallagan Isroiljonov Ilhomjon Ikromjon o‘g‘liga (Andijon viloyati) 50 million so‘m, 3-o‘rinni egallagan Rajabboyeva Marjon O‘rinboy qiziga (Xorazm viloyati) 30 million so‘m pul mukofoti topshirilgan.
Shuningdek, barcha final bosqichi qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasidagi final bosqichida Sirdaryo viloyatidan Xayitboyev Yorqinjon O‘rmonali o‘g‘li 1-o‘rin sohibiga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0