https://oz.sputniknews.uz/20230226/eksternat-tartibidagi-imtihonlar-maktabda-oqiyotgan-oquvchilarga-tatbiq-etilmaydi-32517781.html
Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilarga tatbiq etilmaydi
Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilarga tatbiq etilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Bu xabarlar maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berishi bilan bog‘liq xabarning noto‘g‘ri talqin... 26.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-26T10:15+0500
2023-02-26T10:15+0500
2023-02-26T10:15+0500
jamiyat
maktab
o‘quvchilar
imtihon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20325010_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_00c2fe2bb6889ebd3ba58fc9c09c77cd.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin” degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabarligini ma’lum qildi.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.Qayd etilishicha, eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20325010_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_fae13fada80528a582b9d00cf848e659.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, o‘quvchilar, imtihon
jamiyat, maktab, o‘quvchilar, imtihon
Eksternat tartibidagi imtihonlar maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilarga tatbiq etilmaydi
Bu xabarlar maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berishi bilan bog‘liq xabarning noto‘g‘ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin” degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabarligini
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu xabarlar maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan, ya’ni maktab yoshidan o‘tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berishi bilan bog‘liq xabarning noto‘g‘ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q.