Bugun ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi – O‘zgidromet

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0