Rekord natija: O‘zbekiston "spesnaz"i Dubaydagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

© ManbaUzbekskie spesnazovsi vzali "zoloto" na turnire v Dubae
Uzbekskie spesnazovsi vzali zoloto na turnire v Dubae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi 4 daqiqa 22,9 soniya natija bilan butun tadbir davomida ajoyib jamoaviylik, chaqqonlik va qat’iyat namoyish etdi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston "spesnaz"i Dubaydagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Dubayda UAE SWAT Challenge 2023 — huquqni muhofaza qiluvchi maxsus kuchlar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston jamoasi maxsus kuchlar musobaqasida sport to‘siqlaridan eng tez o‘tib, yuqori pog‘onaga ko‘tarildi.
G‘oliblar:
1- o‘rin O‘zbekiston jamoasi;
2- o‘rin Checheniston IIVning "Axmat" jamoasi;
3- o‘rin Qirg‘iziston maxsus kuchlari.
Dubayning Khaleej Times gazetasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston jamoasi 4 daqiqa 22,9 soniya natija bilan butun tadbir davomida ajoyib jamoaviylik, chaqqonlik va qat’iyat namoyish etdi.
Ko‘rsatkichlari benuqson bo‘ldi va ular to‘siqlar yo‘lini rekord vaqt ichida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. Jamoa jami 38 ball to‘pladi, bunda tezlik va aniqlik uchun ochkolar ham bor.
Ikkinchi o‘rinni 4 daqiqa 32,6 soniya natija bilan "Axmat" jamoasi egalladi. Ular jami 37 ochko to‘plashdi.
Uchinchi o‘rinda 4 daqiqa 44 soniya natija qayd etgan Qirg‘iziston jamoasi ba’zi qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsalar ham, ular jami 36 ball to‘plashdi.
Bu yil chempionatda 28 davlatdan 57 jamoa ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi sharafini 3 ta jamoa himoya qilmoqda, shuningdek, MDH davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etmoqda.
© Dubayning Khaleej Times gazetasiUAE SWAT Challenge 2023
UAE SWAT Challenge 2023  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
UAE SWAT Challenge 2023
Yangiliklar lentasi
0