https://oz.sputniknews.uz/20230225/ozbekiston-birinchi-ichki-ishlar-organining-mahalliy-idorasi-muzey-32509938.html
O‘zbekistondagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi – foto
O‘zbekistondagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan. 25.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-25T13:38+0500
2023-02-25T13:38+0500
2023-02-25T13:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent viloyati
iiv
muzey
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/19/32510209_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_66211c1ac2c8e696274fdfef5f50e9f2.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida sobiq "qishloq militsiya tayanch punkti" bo‘lgan bino o‘rnida muzey tashkil etildi.Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida fidoiy xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan.Nosirov 1933-yilda tavallud topgan. U sohaga bo‘lgan qiziqishi sababli, dastlab yollanma ishchi bo‘lib xizmatga kiradi. Shu davrda Militsiya maktabini sirtdan tamomlagach, sobiq sovet davlatida ochilgan, birinchi qishloq militsiya tayanch punkti noziri etib tayinlangan.Muzey binosi 1962-yilda qurilib, avvaliga tikuv sexi, so‘ngra pochta bo‘limi sifatida foydalanib kelingan.1971 yildan esa, O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi sifatida ishga tushirilgan.Shundan so‘ng bu yerga, sobiq sovet davlatining Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.Sholokov hamda dunyoning 11 ta mamlakatlaridan davlat rahbarlari va oliy martabali mehmonlari tashrif buyurgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/19/32510209_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ed7220e54ee7d3bedca7856844863a4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent viloyati, iiv, muzey
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent viloyati, iiv, muzey
O‘zbekistondagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi – foto
Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi muzeyga aylantirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi
xabar berdi. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida sobiq "qishloq militsiya tayanch punkti" bo‘lgan bino o‘rnida muzey tashkil etildi.
Muzeyda ichki ishlar organlari tizimida fidoiy xizmat qilgan, hozirda 90 yoshni qarshilagan, Sabriddin Nosirovga tegishli tarixiy ashyolardan iborat eksponatlar jamlangan.
Nosirov 1933-yilda tavallud topgan. U sohaga bo‘lgan qiziqishi sababli, dastlab yollanma ishchi bo‘lib xizmatga kiradi. Shu davrda Militsiya maktabini sirtdan tamomlagach, sobiq sovet davlatida ochilgan, birinchi qishloq militsiya tayanch punkti noziri etib tayinlangan.
Muzey binosi 1962-yilda qurilib, avvaliga tikuv sexi, so‘ngra pochta bo‘limi sifatida foydalanib kelingan.
1971 yildan esa, O‘zbekiston tarixidagi birinchi ichki ishlar organining mahalliy idorasi sifatida ishga tushirilgan.
Shundan so‘ng bu yerga, sobiq sovet davlatining Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.Sholokov hamda dunyoning 11 ta mamlakatlaridan davlat rahbarlari va oliy martabali mehmonlari tashrif buyurgan.