Endi pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi

© “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Pilla
Pilla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Obuna bo‘lish
Pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Endi pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ham subsidiya beriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–73-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.
Shu yilning 1-martidan 2026-yil 1-yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023 yil 1-apreldan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.
2023 yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, pilla yetishtiruvchilarga 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya berish belgilangan. Endi yetishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi. Bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2-3 baravar oshirish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0