Aqto‘be viloyati yo‘llarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

© Foto : Press-slujba MChS KazaxstanaIz-za nepogodi spasatelyami evakuirovano 93 cheloveka s dorog v Aktubinskoy oblasti
Iz-za nepogodi spasatelyami evakuirovano 93 cheloveka s dorog v Aktubinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Obuna bo‘lish
Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 964 kilometrida O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining 41 nafar fuqarosi evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati yo‘llarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.
O‘tgan sutka davomida yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatining cheklanishi munosabati bilan Aqto‘be viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari 93 kishini evakuatsiya qildi.
Qayd etilishicha, evakuatsiya qilinganlar orasida O‘zbekiston va Tojikistonning 41 nafar fuqarolari bor.

“24 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari tomonidan Aytekebi tumanidagi Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 964 kilometrida O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining 41 nafar fuqarosi evakuatsiya qilindi. 25-fevral kuni Aqto‘be shahridagi Edige Botir prospektida (shaharga kiraverishda) departament tomonidan 54 kishi evakuatsiya qilindi”, deyiladi xabarda.

Qutqaruv ishlariga 52 nafar qutqaruvchi va 14 dona texnika jalb qilingan.
Yangiliklar lentasi
0