Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi o‘z ishini boshladi – video

© Sputnik / Murad OrujovBaxrom Ashrafxanov
Baxrom Ashrafxanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida TIV rahbari Baxtiyor Saidov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Ozarbayjondan Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi boshlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Poytaxtda O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Ozarbayjondan Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov, ikki mamlakat hududlari rahbarlari va biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Forum ishtirokchilari Ozarbayjonning Fuzuli shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilayotgan maktab haqidagi videorolikni tomosha qilishdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlari tadbirkorlarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qilgan edi. Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0