Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Sog‘lom odamda qon bosimi ko‘tarilishiga nima sabab bo‘ladi - shifokor javobi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishRabota polikliniki №1 v Patigorske
Rabota polikliniki №1 v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, sog‘lom odamda qon bosimi ko‘tarilishiga noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lishi mumkin.
Shifokor kardiolog Olga Frolova sog‘lom odamlarda qon bosimi ko‘tarilishining ehtimoliy sabablari haqida aytib berdi.
Frolovaning aytishicha, gipertoniya (yurak-qon tomir tizimi, bosh miya, jigar va boshqa kasalliklarga sabab bo‘luvchi jiddiy patologik holat) ga chalinmaslik uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur.
Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, tuz, shakar va hayvon yog‘lari iste’molni qamaytirish lozim. Bundan tashqari, tamaki chekish va spirtli ichimliklardan voz kechgan ma’qul.
“Qon bosimini muntazam o‘lchab borish erta yoshda ikkilamchi gipertoniyaga chalinmaslikni oldini oladi. Agar erta yoshda qon bosimi 140 ga 90 dan baland bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim”, deydi shifokor.
Shifokorning aytishicha, gipertenziya (arteriyalarning muntazam yuqori bosimda bo‘lishi) holatida odamlar ko‘proq tana qizishi va og‘riqlar bilan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, yuz qizarishi holatlari ham uchraydi.
Yangiliklar lentasi
0