O‘zbekistonda yana yer qimirladi

© Sputnik / Igor Nosov / Mediabankka o‘tishSeysmograf, arxivnoe foto
Seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yer qimirladi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda yer qimirladi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 24.02.2023 16:12 da (24.02.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 11:12 da) zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani.
Zilzila koordinatalari: 39,97 gradus shimoliy kenglik; 67,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 190 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Sharof Rashidov tumanida 2-3 ball, 13 km.
Jizzax shahrida 2-3 ball, 18 km.
Baxmal tumanida 2 ball, 27 km.
Kuni kecha Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Yangiliklar lentasi
0