O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi olti baravarga o‘sdi – Saidov

© Petrovich99Grafik s finansovimi pokazatelyami
Grafik s finansovimi pokazatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov: Bizning tovar ayirboshlash tarixda birinchi marta 2017-yilga nisbatan olti baravar o‘sganini ko‘rsatdi
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi tarixda ilk bor 2017-yilga nisbatan olti baravar o‘sdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Poytaxtda O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etdi.

“Bugungi kunda amaliy hamkorligimiz izchil rivojlanib, tobora ko‘proq sohalarni qamrab olganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Bizning tovar ayirboshlash tarixda birinchi marta 2017-yilga nisbatan olti baravar o‘sganini ko‘rsatdi”, dedi Saidov.

Shuningdek, u avtomobilsozlik, energetika, neft-kimyo, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0