https://oz.sputniknews.uz/20230224/oav-bayden-tasodifan-aqshning-maxfiy-rejasini-oshkor-qilib-qoydi-32485819.html
OAV: Bayden tasodifan AQShning maxfiy rejasini oshkor qilib qo‘ydi
OAV: Bayden tasodifan AQShning maxfiy rejasini oshkor qilib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Bayden jamoaning "Shimoliy oqim"ni portlatish bo‘yicha yashirin operatsiyasini barbod qildi. 24.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-24T13:04+0500
2023-02-24T13:04+0500
2023-02-24T13:04+0500
dunyoda
aqsh
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25474772_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_7c175b7a3d958ae575a2eeaa0d95d1e2.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden “Shimoliy oqim”ni portlatish bo‘yicha guruhning rejalarini barbod qilib, quvurlarning faoliyatini qanday to‘xtatish kerakligini ochiq aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Amerikalik jurnalist Seymur Xersh RT telekanaliga bergan eksklyuziv intervusida Bayden jamoaning "Shimoliy oqim"ni portlatish bo‘yicha yashirin operatsiyasini barbod qilganini ma’lum qildi.Uning qayd etishicha, prezident matbuot anjumanida “Biz “Shimoliy oqim 1”ni to‘xtatamiz”, deb aytgan.Jurnalistning "buni qanday amalga oshirasiz" degan savoliga Bayden “Biz buni qanday amalga oshirishni bilamiz. Biz buni qila olamiz", deb javob bergan.Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, quvurlarni portlatish dastlab yashirin operatsiya sifatida rejalashtirilgan. Bayden bu so‘zlarni aytganida, portlovchi moddalar bir necha oy davomida Boltiq dengizi tubida bo‘lgan.Ma’lumot uchun, 26-sentabr kuni Rossiyaning Yevropaga gaz eksport qiladigan ikkita quvuri – “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2”da portlashlar sodir bo‘ldi. Keyin birdaniga to‘rt joyda gaz sizib chiqishi aniqlandi.Shvetsiya, Daniya va Germaniya surishtiruv ishlarini olib bormoqda, biroq ular hozircha aniq natijalarga erishmagan. Kreml favqulodda holatni xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25474772_181:0:2912:2048_1920x0_80_0_0_23acd265d3caa57cebe61d1f9a9faf47.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, jo bayden
OAV: Bayden tasodifan AQShning maxfiy rejasini oshkor qilib qo‘ydi
Bayden jamoaning "Shimoliy oqim"ni portlatish bo‘yicha yashirin operatsiyasini barbod qildi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden “Shimoliy oqim”ni portlatish bo‘yicha guruhning rejalarini barbod qilib, quvurlarning faoliyatini qanday to‘xtatish kerakligini ochiq aytdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Amerikalik jurnalist Seymur Xersh RT telekanaliga bergan eksklyuziv intervusida Bayden jamoaning "Shimoliy oqim"ni portlatish bo‘yicha yashirin operatsiyasini barbod qilganini ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, prezident matbuot anjumanida “Biz “Shimoliy oqim 1”ni to‘xtatamiz”, deb aytgan.
Jurnalistning "buni qanday amalga oshirasiz" degan savoliga Bayden “Biz buni qanday amalga oshirishni bilamiz. Biz buni qila olamiz", deb javob bergan.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, quvurlarni portlatish dastlab yashirin operatsiya sifatida rejalashtirilgan. Bayden bu so‘zlarni aytganida, portlovchi moddalar bir necha oy davomida Boltiq dengizi tubida bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 26-sentabr kuni Rossiyaning Yevropaga gaz eksport qiladigan ikkita quvuri – “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2”da portlashlar sodir bo‘ldi. Keyin birdaniga to‘rt joyda gaz sizib chiqishi aniqlandi.
Shvetsiya, Daniya va Germaniya surishtiruv ishlarini olib bormoqda, biroq ular hozircha aniq natijalarga erishmagan. Kreml favqulodda holatni xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.