Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 24-fevralning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRazvedchiki Zapadnogo voyennogo okruga VS RF v zone spetsoperatsii v Luganskoy narodnoy respublike.
Razvedchiki Zapadnogo voyennogo okruga VS RF v zone spetsoperatsii v Luganskoy narodnoy respublike. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari 240 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, yettita jangovar zirhli texnika, oltita avtomobil, D-20 va D-30 gaubitsalari, D-44 tankka qarshi pushkalari, shuningdek, bitta M777 artilleriya tizimini yo‘qotgan.
TOShKENT, 24 fev – Sputnik Rossiya Qurolli Kuchlarining janubiy bo‘linmalari Donesk yo‘nalishida yig‘ilgan 240 nafar UQK harbiy xizmatchisini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi.

Mudofaa vazirligi axboroti:

DXRning Avdeyevka yaqinida Ukraina qo‘mondonlik punkti va o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi, deyiladi xabarda.
Janubiy Donesk yo‘nalishida “Vostok” harbiylari bo‘linmasi bir sutkada 80 dan ortiq ukrain askari, tank, ikkita jangovar piyoda mashinasi, uchta pikap, “Uragan” zalp olovli reaktiv tizimlarining to‘rtta jangovar mashinalari, bitta D-20 gaubitsalari, M777 artilleriya tizimi, Polshada ishlab chiqarilgan Krab o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari, shuningdek, AN/TPQ-36 kontrbatareya kurashining radiolokatsion stansiyasini yo‘q qilgan.
Bundan tashqari, rus qo‘shinlari DXRning Razdolniy, Bogatir va Zaporojye viloyatidagi Malinovka tumanlaridagi to‘rtta o‘q-dori omboriga zarba berdi.
Kupansk yo‘nalishida aviatsiya va "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi artilleriyasi Xarkov viloyatidagi Dvurechnaya, Kraxmalnoe va Tabayevka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi.
Bir sutkada Rossiya armiyasi Kupansk yo‘nalishida 60 dan ortiq UQK askari, ikkita jangovar zirhli texnika, to‘rtta avtomobil, “Gvozdika” o‘ziyurar gaubitsasi va D-20 gaubitsasini zararsizlantirdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida “Sentr” qo‘shinlari bo‘linmalari zarba va armiya aviatsiyasi yordamida 140 nafar ukrain askari, uchta jangovar zirhli mashinalar, uchta avtomobil, “Grad” zalp olovli reaktiv tizimlari jangovar mashinalari, shuningdek, “Msta-B”, D-20 va D-30 gaubitsalarini yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida O‘tgan sutkada rossiyalik harbiylar UQK ning 40 dan ortiq harbiylari, “Grad” jangovar mashinalari “Msta-B” gaubitsasi, uchta D-30 gaubitsasi, shuningdek, Dnepropetrovsk viloyati Vishetarasovka, qishlog‘i yaqinida 104-Ukraina artilleriya brigadasining o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatida Rossiya qo‘shinlari Peremoga aholi punkti hududida 127-hududiy mudofaa brigadasining qo‘mondonlik punktiga zarba berdi.
Raketa qo‘shinlari va artilleriya bir sutka davomida UQKning 142 ta hududda joylashgan 102 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi va ularning harbiy xizmatchilari va texnikasini yakson qildi.
Havo hujumidan mudofaa qismlari kun davomida Xarkov viloyatining Merefa, Liman, DXRning Aleksandrivka, Xolaya shuningdek Xerson viloyatining Pristan va Novaya Zburevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning oltita uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q, qildi, HIMARS (AQSh) va "Uragan" reaktiv o‘t ochish tizimlarining 4ta raketasini tutib oldi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 387 ta samolyot, 210 ta vertolot, 3228 ta uchuvchisiz uchish apparati, 405 ta zenit-raketa kompleksi, 8011 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1044 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 4205 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8518 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0