https://oz.sputniknews.uz/20230224/hokim-bir-vaqtning-ozida-xalq-deputatlari-kengashida-rahbar-bolishi-taqiqlanishi-kutilmoqda-32492680.html
Hokim bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashida rahbar bo‘lishi taqiqlanishi kutilmoqda
Hokim bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashida rahbar bo‘lishi taqiqlanishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida hokimlarning vakolatini qisqartiruvchi qat’iy norma o‘rnatilmoqda. 24.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-24T16:45+0500
2023-02-24T16:45+0500
2023-02-24T16:45+0500
siyosat
o‘zbekiston
hokim
deputatlar
konstitutsiya islohoti
konstitutsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_0:290:2868:1903_1920x0_80_0_0_28cc7a2d2fe2e459233cd75e8cb9a8d6.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Hokimning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Bugun deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.Qayd etilishicha, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan.Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_103:0:2834:2048_1920x0_80_0_0_51471cdf071fc8965786ae595f1c2476.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, hokim, deputatlar, konstitutsiya islohoti, konstitutsiya
siyosat, o‘zbekiston, hokim, deputatlar, konstitutsiya islohoti, konstitutsiya
Hokim bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashida rahbar bo‘lishi taqiqlanishi kutilmoqda
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida hokimlarning vakolatini qisqartiruvchi qat’iy norma o‘rnatilmoqda.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Hokimning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Bugun deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.
Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan.
Shunga muvofiq, “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qat’iy norma o‘rnatilmoqda.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.