https://oz.sputniknews.uz/20230224/fuqaroni-ishga-olgan-fermerlarga-yangi-imtiyoz-beriladi-32485455.html
Fuqaroni ishga olgan fermerlarga yangi imtiyoz beriladi
Fuqaroni ishga olgan fermerlarga yangi imtiyoz beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi ayrim fermer xo‘jaliklarida bir yil davomida aholi bandligini oshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. 24.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-24T12:03+0500
2023-02-24T12:03+0500
2023-02-24T12:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
soliq
fermerlar
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_e9d21491adb4e235aef4a7cd88957b4c.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Endi fermerlar kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlasa unga yangi imtiyoz beriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–69-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, ayrim fermer xo‘jaliklarida bir yil davomida aholi bandligini oshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.Unga ko‘ra, soliq tizimining qator shartlariga rioya qilgan xo‘jaliklarga ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi.Demak, 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha respublika budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.Daromad solig‘ini qaytarib berish quyidagi shartlarga rioya qilinganda amalga oshiriladi:Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun o‘tgan yilda 100 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, ochiq elektron auksion orqali aholiga tarqatilgan. Buning hisobidan 420 mingdan ortiq yangi xo‘jalik tashkil etilib, 1 million 200 ming dan ortiq doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_73397f035990c72690b005c5710b61f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, soliq, fermerlar, yangi qaror
jamiyat, o‘zbekiston, soliq, fermerlar, yangi qaror
Fuqaroni ishga olgan fermerlarga yangi imtiyoz beriladi
Endi ayrim fermer xo‘jaliklarida bir yil davomida aholi bandligini oshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Endi fermerlar kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlasa unga yangi imtiyoz beriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–69-sonli qarorda
nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, ayrim fermer xo‘jaliklarida bir yil davomida aholi bandligini oshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.
Unga ko‘ra, soliq tizimining qator shartlariga rioya qilgan xo‘jaliklarga ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi.
Demak, 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha respublika budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.
Daromad solig‘ini qaytarib berish quyidagi shartlarga rioya qilinganda amalga oshiriladi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;
har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;
paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.
Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun o‘tgan yilda 100 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, ochiq elektron auksion orqali aholiga tarqatilgan. Buning hisobidan 420 mingdan ortiq yangi xo‘jalik tashkil etilib, 1 million 200 ming dan ortiq doimiy va mavsumiy ish
o‘rinlari yaratilgan.