Bugun respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Bugun respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +15-20 daraja iliq, shimolda +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0