Bahodir Jalolov – biografiya

© NOK UzbekistanaBaxodir Jalolov
Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
2 karra jahon chempioni (2015, 2019), 4 karra Osiyo chempioni, Jahon kubogi sohibi (2015), Tokio-2020 chempioni, dunyoning TOP-45 reytingiga og‘ir vaznli boksorlar qatoriga kirgan sportchi Bahodir Jalolov biografiyasi batafsil Sputnik materialida.

Tarjimai holi

Bahodir Jalolov 1994-yil 8-iyulda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida 7-sinfdan mahoratli murabbiylar Rustam Saidov va To‘lqin Qilichev boshchiligida boks mashg‘ulotlariga qatnasha boshlagan.

Karyera

2009 yilda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgan.
2013 yilda esa O‘zbekiston chempioni bo‘ldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi. 2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitetBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Bokser Baxodir Jalolov
2017 yil may oyida bokschi Toshkentda 91 kgdan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi va finalda qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni mag‘lub etdi.
Shu yili avgust oyida Gamburg (Germaniya)da bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi. Biroq chorak finalda 2:3 hisobda qozog‘istonlik Kamshibek Konkaboyevga yutqazdi.
2019 yil aprel oyida Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevni finalda mag‘lub etib yana Osiyo chempioni bo‘ldi.
2019 yil sentabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib, yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni mag‘lub etdi (5:0) va finalda qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni bo‘ldi.
2021 yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozog‘istonlik Kamshibek Konkaboyevni mag‘lub etib Osiyo chempioni bo‘ldi.
Uning sportografiyasida Kortis Xarper, Brendan Barret, Danis Latipov, Villi Xarvi, Kristaps Zutis kabi mahoratli boksorlarni mag‘lubiyati qayd etilgan.

Olimpiyadagi ishtirok va g‘alabalar

Bahodir 2016-yil avgust oyida Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori bo‘ldi. Olimpiadada chorak finalga chiqdi: nimchorak finalda venesuelalik tajribali bokschi — Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi.
2020 yilning mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) 1-o‘rinni egallab 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlariga Osiyo/Okeaniyadan saralash turniriga yo‘llanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda bo‘lib o‘tgan 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan.
© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoks. Chempionat mira. Mujchini. Desatiy den
Boks. Chempionat mira. Mujchini. Desatiy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Boks. Chempionat mira. Mujchini. Desatiy den
Olimpiada nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullayevni 5:0 hisobida yengdi. Finalda amerikalik Richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali bo‘ldi.
Olimpiada chempioni bo‘lgan Bahodir Jalolovga Prezident sovg‘asi — Chevrolet-Tahoe avtomobili sovg‘a qilingan. Shuningdek, xonadon va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti berilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Bokser Baxodir Jalolov
2022 yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) og‘ir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaini (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan mag‘lub etdi.

Bahodir Jalolov boks maktabi

2022 yilda prezident qarori bilan O‘zbekistonning boks sport turini yanada keng ommalashtirish va “ustoz-shogird” an’anasi orqali yosh bokschilarni yetishtirish maqsadida Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi. Boks maktabiga 5-sinfda o‘qiydigan 25 ta bola qabul qilingan. Barcha mashg‘ulotlar Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilmoqda.
© Bahodir Jalolov shaxsiy arxividanBahodir Jalolov boks maktabidagi mashg‘ulotlar
Bahodir Jalolov boks maktabidagi mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Bahodir Jalolov boks maktabidagi mashg‘ulotlar
Bahodir Jalolov 2019-yilda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda 2021-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi tomonidan Bahodir Jalolov hayoti va sportdagi faoliyatiga bag‘ishlangan “Yengilmas” badiiy filmi suratga olinmoqda. Kinokartina 2024-yilda katta premyera qilinishi rejalashtirilgan.

Navbatdagi jang

Jalolov ayni kunlarda O‘zbekiston bokschilari Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan “Strandja-2023” xalqaro kubogida ishtirok etmoqda.
Musobaqalarda Bahodir Jalolov amerikalik raqibi Edvards Joshuani 5:0 hisobiga mag‘lub etdi. Keyingi bosqichda qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev Bahodir bilan jang qilishdan bosh tortdi va Bahodir o‘z-o‘zidan keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 1-14 may kunlari Toshkentda ilk bor boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda turli vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0