AQSh prezidentligiga nomzod Ukrainaga yordamni qoraladi

© Sputnik / Igor MixalevKupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.
Kupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainaga ajratilayotgan pulning ozgina qismi bilan narkokartellar muammosini hal qilish kerak - Ramasvami.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQShning asosiy muammolaridan biri narkokartellar bilan bog‘liq bo‘lib, Ukrainaga ajratilgan pulning ozgina qismibilan uni hal qilish kerak edi, dedi prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami.
"Biz fentanil inqirozining asosiy dvigateli bo‘lgan Meksika kartellari bilan muammoni Ukrainada sarflayotgan pulimizning bir qismi bilan hal qilishimiz mumkin edi", deb yozdi Ramasvami Twitter’da.
AQSh armiyasi boshqalardan ustun turgan yagona muammoni - o‘z vatanini himoya qilishni hal qilishi kerak, deb yozgan u.
Ramasvami uning tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar Xitoydan "mustaqillikni e’lon qilish" va Meksikadagi giyohvand kartellarini yo‘q qilish bo‘lishini ta’kidladi.
Avvalroq kelib chiqishi hind bo‘lganamerikalik tadbirkor 2024-yilgi saylovlarda nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga ko‘ra, 2021-yilda AQShda 107 mingga yaqin odam dozani oshirib yuborishdan o‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0