Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Osiyo bolalari” o‘yinlarida ishtirok etadi

© Kuzbass sport inshootlari hududiy markazi“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari
“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Kuzbass viloyatida 5-martga qadar “Osiyo bolalari” IIqishki xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Rossiyaning Kuzbass viloyatida 5-martga qadar “Osiyo bolalari” IIqishki xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Birinchi marta musobaqalar bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlar — Kemerovo, Novokuznetsk, Mejdurechensk, Toshtagol va Sheregesh tomonidan o‘tkaziladi.
O‘yinlarda Osiyo, Rossiya va Belarusdan yosh sportchilar ishtirok etadilar.
Dasturga qishki sportning o‘nta turi, jumladan chang‘i, konkida uchish, xokkey, snoubord, figurali uchish va boshqalar kiradi.
Xokkey turniri doirasida O‘zbekistonning 2007-2008 yillar terma jamoasi ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0