https://oz.sputniknews.uz/20230223/toshkentda-professional-aktyorlarning-yangi-avlodi-etishib-chiqmoqda--alyona-xmelnitskaya-32463850.html
Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda – Alona Xmelniskaya
Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda – Alona Xmelniskaya
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya BDKI Toshkent filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi. 23.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-23T12:14+0500
2023-02-23T12:14+0500
2023-02-23T12:14+0500
madaniyat
o‘zbekiston
toshkent
gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/17/32464299_0:1:3638:2047_1920x0_80_0_0_6d5d38753ab2dec903616419c3f0c070.jpg
Tashkent, 23 fev — Sputnik. Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Bu haqda rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida o‘tkazgan mahorat darsi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialida o‘zbekistonlik talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.Mahorat darsi davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:Filial direktori Eldar Yuldashevning so‘zlariga ko‘ra, filialda professional mutaxassislar va ijodkorlarning mahorat darslari muntazam ravshida o‘tkazib kelinmoqda.Talabalar uchun rossiyalik produser va aktor Vasiliy Solovyov ishtirokidagi mahorat darsi ham rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, Alona Xmelniskaya – rossiyalik taniqli boshlovchi, professional teatr va kino aktrisasi. Ijodiy faoliyati davomida 80 dan ortiq rollarni ijro etgan. “Rossiya-1”, “Perviy kanal” kabi rus telekanallarida turli ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/17/32464299_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_1682574083c7207a829c59703e8453a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, toshkent, gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
madaniyat, o‘zbekiston, toshkent, gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda – Alona Xmelniskaya
Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya BDKI Toshkent filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Tashkent, 23 fev — Sputnik. Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Bu haqda rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida o‘tkazgan mahorat darsi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Rossiyalik taniqli aktrisa Alona Xmelniskaya Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialida o‘zbekistonlik talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Mahorat darsi davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Kinokadrda hissiyot bilan ishlash, mimika, ijro uslublari;
K.Stanislavskiy maktabi, teatr va kino strukturalari;
Teleboshlovchilik sirlari;
Televideniyeda yangi ko‘rsatuvlar va shou-dasturlar.
“Toshkentda professional aktorlarning yangi avlodi yetishib chiqayotganidan xursandman. Ustoz Rustam Sagdullayev bilan uchrashuv ham men uchun kutilmagan va o‘ziga xos tarzda bo‘ldi. Aktorning shogirdlari ham menda katta taassurot qoldirishdi”, dedi aktrisa.
Filial direktori Eldar Yuldashevning so‘zlariga ko‘ra, filialda professional mutaxassislar va ijodkorlarning mahorat darslari muntazam ravshida o‘tkazib kelinmoqda.
Talabalar uchun rossiyalik produser va aktor Vasiliy Solovyov ishtirokidagi mahorat darsi ham rejalashtirilgan.
“Talabalar mazkur jarayonlarda har tomonlama bilim va ko‘nikma to‘playdilar, shu bilan bir qatorda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mahoratli ijodkor bilan yaqindan suhbatlasha olishadi”, deydi Eldar Yuldashev.
Ma’lumot uchun, Alona Xmelniskaya – rossiyalik taniqli boshlovchi, professional teatr va kino aktrisasi. Ijodiy faoliyati davomida 80 dan ortiq rollarni ijro etgan. “Rossiya-1”, “Perviy kanal” kabi rus telekanallarida turli ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan.