Ikki yilda 227ta tug‘uruq majmuasi to‘liq ta’mirlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabota rodilnogo otdeleniya Kaliningradskogo rodilnogo doma №4
Rabota rodilnogo otdeleniya Kaliningradskogo rodilnogo doma №4 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2025-yilgacha O‘zbekistonda 227 ta tug‘uruq kompleksi, 46 ta tumanlararo perinatal markaz to‘liq ta’mirlanadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“Har qanday mamlakatning tibbiyot tizimini baholashda, eng avvalo, onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati e’tiborga olinadi”, - dedi anjumanda so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.
Ta’kidlanishicha, 2022–2025 yillarda 227 ta tug‘uruq kompleksi, 46 ta tumanlararo perinatal markazni to‘liq ta’mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya muassasalarining grant va kredit mablag‘lari jalb qilinadi.
Konferensiyada bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir necha turdagi murakkab fetal jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib kelinayotgani, saratonning 12 turiga tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Anjumanda, shuningdek “Akusher-ginekolog qo‘llanmasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0