https://oz.sputniknews.uz/20230223/ozbekiston-va-qozogiston-yangi-temir-yol-liniyasini-qurish-masalasini-muhokama-qildi-32470491.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi. 23.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-23T17:44+0500
2023-02-23T17:44+0500
2023-02-23T17:44+0500
iqtisod
qozog‘iston
o‘zbekiston
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/17/32470638_0:66:1047:655_1920x0_80_0_0_797c6380e6d11a50000d34a411237f8d.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi.Vazir o‘z so‘zida ikki davlat umumiy qiymati 2,1 mlrd dollar bo‘lgan 42 ta qo‘shma loyihani amalga oshirayotganini ta’kidladi.Shuningdek, uchrashuv davomida transport sohasi loyihalari, xususan, 106 km uzunlikdagi “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalari muhokama qilindi."Darbaza" stansiyasidan "Maqtaaral" stansiyasigacha uzunligi 106 km bo‘lgan yangi liniya qurilishi "Sariag‘ash" nazorat-o‘tkazish punktida yuklarni tushirish va yiliga 10 million tonnagacha qo‘shimcha yuk tashishni jalb qilish imkonini beradi. Shuningdek, Turkiston viloyati Maqtaral tumani magistral temir yo‘l liniyasini asosiy stansiyaga ulash imkoniyati yaratiladi.Muloqotda o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib olindi.Ma’lumot uchun, hozirda ikki davlat o‘rtasida “Ostona — Toshkent” yo‘nalishida 5 ta, “Olmaota — Toshkent” yo‘nalishida 14 ta reys va “Aqtau — Nukus” yo‘nalishida 1 ta reys amalga oshirilmoqda.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/17/32470638_44:0:1004:720_1920x0_80_0_0_34a59e6f5e83c2fa8d61736960b045a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, qozog‘iston, o‘zbekiston, temir yo‘l
iqtisod, qozog‘iston, o‘zbekiston, temir yo‘l
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi
Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi
ma’lum qildi. Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi.
Vazir o‘z so‘zida ikki davlat umumiy qiymati 2,1 mlrd dollar bo‘lgan 42 ta qo‘shma loyihani amalga oshirayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida transport sohasi loyihalari, xususan, 106 km uzunlikdagi “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalari muhokama qilindi.
"Darbaza" stansiyasidan "Maqtaaral" stansiyasigacha uzunligi 106 km bo‘lgan yangi liniya qurilishi "Sariag‘ash" nazorat-o‘tkazish punktida yuklarni tushirish va yiliga 10 million tonnagacha qo‘shimcha yuk tashishni jalb qilish imkonini beradi. Shuningdek, Turkiston viloyati Maqtaral tumani magistral temir yo‘l liniyasini asosiy stansiyaga ulash imkoniyati yaratiladi.
Muloqotda o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, hozirda ikki davlat o‘rtasida “Ostona — Toshkent” yo‘nalishida 5 ta, “Olmaota — Toshkent” yo‘nalishida 14 ta reys va “Aqtau — Nukus” yo‘nalishida 1 ta reys amalga oshirilmoqda.