https://oz.sputniknews.uz/20230223/mask-aqsh-davlat-kotibi-orinbosarini-ukraina-mojarosini-avj-oldirishda-aybladi-32463460.html
Mask AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini Ukraina mojarosini avj oldirishda aybladi
Mask AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini Ukraina mojarosini avj oldirishda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Hech kim bu urushni Nulanddan ko‘ra kuchliroq oldinga siljitayotgani yo‘q, deydi Mask. 23.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-23T11:30+0500
2023-02-23T11:30+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
qrim
ilon mask
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26133959_0:58:3059:1778_1920x0_80_0_0_80033f14c1b6c92b6f680e9b5654bd7f.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nulandni Ukraina mojarosining avj olishida aybladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.Nuland Qrimdagi Rossiya bazalarining Ukraina uchun nishon sifatida qonuniyligi haqida aytgan edi.Nuland avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaning Qrimdagi harbiy obyektlarga zarba berishini qo‘llab-quvvatlashini aytib, ularni “qonuniy nishonlar” deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qrim “kamida demilitarizatsiya qilinmasa” Ukraina xavfsizlikda bo‘lmaydi.Bir kun avval AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Nulandni “Ukrainani NATO tomon itarish bilan band” dedi hamda uni va AQSh isteblishmentining boshqa vakillarini qarama-qarshilikka intilayotganlikda aybladi. 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
ukraina
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26133959_163:0:2894:2048_1920x0_80_0_0_f78e7f891b62d7bff343f1a8c77cb610.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, qrim, ilon mask, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, qrim, ilon mask, rossiya
Mask AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini Ukraina mojarosini avj oldirishda aybladi
11:30 23.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Hech kim bu urushni Nulanddan ko‘ra kuchliroq oldinga siljitayotgani yo‘q, deydi Mask.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nulandni Ukraina mojarosining avj olishida aybladi. Bu haqda RIA Novosti
yozmoqda.
Nuland Qrimdagi Rossiya bazalarining Ukraina uchun nishon sifatida qonuniyligi haqida aytgan edi.
“Hech kim bu urushni Nulanddan ko‘ra kuchliroq oldinga siljitayotgani yo‘q”, - deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Nuland avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaning Qrimdagi harbiy obyektlarga zarba berishini qo‘llab-quvvatlashini aytib, ularni “qonuniy nishonlar” deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qrim “kamida demilitarizatsiya qilinmasa” Ukraina xavfsizlikda bo‘lmaydi.
Bir kun avval AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Nulandni “Ukrainani NATO tomon itarish bilan band” dedi hamda uni va AQSh isteblishmentining boshqa vakillarini qarama-qarshilikka intilayotganlikda
aybladi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.