Eron sport vazirining maslahatchisi vertolot halokatida vafot etdi

© Sputnik / Anton Bystrov / Mediabankka o‘tishFlag Irana na odnoy iz ulis Tegerana
Flag Irana na odnoy iz ulis Tegerana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Eron sport vazirining maslahatchisi Ahmadiy mamlakat janubida vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Eron sport vazirining maslahatchisi Esmoil Ahmadiy mamlakat janubida vertolot halokatida olgan jarohatlaridan so‘ng vafot etdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Eron ommaviy axborot vositalari sport vaziri Hamid Sajjodiy bo‘lgan vertolot Baft shahridagi sport majmuasi yaqiniga qo‘nayotganda halokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.

“Afsuski, yakuniy o‘rganishdan so‘ng ushbu vertolotda bo‘lgan amaldorlardan biri halokat natijasida vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, u Eron sport vazirligi rahbari Esmoil Ahmadiyning maslahatchisi bo‘lgan.
Shuningdek, Kirman gubernatori o‘rinbosari halokat davomida yana 12 kishi, jumladan, sport vaziri jarohatlangani, ularning barchasi kasalxonaga yotqizilganini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0