https://oz.sputniknews.uz/20230222/xitoy-diplomati-bir-savol-bilan-borrelni-joyiga-qoydi-32447520.html
Xitoy diplomati bir savol bilan Borrelni joyiga qo‘ydi
Xitoy diplomati bir savol bilan Borrelni joyiga qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy rasmiysi Yevropa diplomatiyasi vakiliga “Nima uchun Ukrainani qurollantirish mumkin, lekin Rossiyani emas”, deya savol berdi. 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T15:51+0500
2023-02-22T15:51+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
xitoy
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19617775_0:0:2889:1626_1920x0_80_0_0_ba936532badb425d0a4c1be63a65c994.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Yevropa diplomatiyasi vakilidan nima uchun Ukrainani qurollantirish mumkin-u, lekin Rossiyaga bilan bunday emasligi haqida so‘radi, deya xabar berdi RIA Novosti.Van I Yevropa diplomatiyasi vakili Jozep Borreldan Moskva va Kiyevga qurol yetkazib berish masalasida G‘arbning ikki tomonlama standartlari haqida so‘radi.Bu haqda diplomat NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.Shundan so‘ng Borrel unga uzoq vaqt davomida Ukrainadagi mojaroda Yevropa pozitsiyasini tushuntirishga majbur bo‘lgan. Xitoy rasmiysi esa Pekin mojaro tomoni bo‘lgan davlatlarga o‘q-dori yetkazib bermasligini qo‘shimcha qilgan. Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Rossiyaga "halokatli" harbiy yordam ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot borligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ham qurol, ham o‘q-dorilar haqida ketmoqda. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha Xitoyning xususiy kompaniyalari Moskvaga maksimal darajada “halokatsiz” yordam ko‘rsatgan.
xitoy
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19617775_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a77e4562569bf26e09fa97ff7e653340.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, ukraina, rossiya
dunyoda, xitoy, ukraina, rossiya
Xitoy diplomati bir savol bilan Borrelni joyiga qo‘ydi
15:51 22.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Xitoy rasmiysi Yevropa diplomatiyasi vakiliga “Nima uchun Ukrainani qurollantirish mumkin, lekin Rossiyani emas”, deya savol berdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Yevropa diplomatiyasi vakilidan nima uchun Ukrainani qurollantirish mumkin-u, lekin Rossiyaga bilan bunday emasligi haqida so‘radi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Van I Yevropa diplomatiyasi vakili Jozep Borreldan Moskva va Kiyevga qurol yetkazib berish masalasida G‘arbning ikki tomonlama standartlari haqida so‘radi.
Bu haqda diplomat NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“U (Van I. - Tahrir) mendan nima uchun siz Ukrainani qurollantirayotgan bir paytda Xitoy harbiy texnikasini Rossiyaga yetkazib berishdan xavotirdasiz deb so‘radi”, - deydi diplomat.
Shundan so‘ng Borrel unga uzoq vaqt davomida Ukrainadagi mojaroda Yevropa pozitsiyasini tushuntirishga majbur bo‘lgan.
Xitoy rasmiysi esa Pekin mojaro tomoni bo‘lgan davlatlarga o‘q-dori yetkazib bermasligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Rossiyaga "halokatli" harbiy yordam ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot borligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ham qurol, ham o‘q-dorilar haqida ketmoqda. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha Xitoyning xususiy kompaniyalari Moskvaga maksimal darajada “halokatsiz” yordam ko‘rsatgan.