https://oz.sputniknews.uz/20230222/rossiya-ozbekistonliklarni-ishga-jalb-qilish-boyicha-pilot-loyihasini-toxtatdi--32440963.html
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
2023-02-22T09:33+0500
2023-02-22T09:33+0500
2023-04-05T18:43+0500
rossiya
o‘zbekiston
ish
migrantlar
migratsiya
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20964868_260:365:2270:1496_1920x0_80_0_0_5eda524ca2491e51cfeaf2bb003b9cf8.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya hukumati O‘zbekistondan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, hukumat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish industriyasi, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlashga jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi.2021 yil oktabr oyida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini, xususan, Rossiya qurilish obyektlariga jalb etish bo‘yicha sinov dasturi ishga tushirilgan. Unga muvofiq, Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomalar olishning bir qator tartiblari O‘zbekistonga o‘tkazildi.Shu jumladan, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, COVID-19 testini o‘tkazish va “Sputnik Layt” bilan emlash, shuningdek, Rossiyaga kirishni taqiqlashni tekshirish masalalari nazarda tutilgan.Qurilish vazirligi matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qilishicha, endi pandemiyaga qarshi cheklovlar olib tashlanishi sharoitida, jumladan, chegaradan o‘tish joylarida sinov loyihasini davom ettirish maqsadga muvofiq emas.Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida Rossiya qurilish obyektlariga 4750 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20964868_319:347:2359:1877_1920x0_80_0_0_aa6c0a405d4cbfb4740e7eb354f6fbf3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi
09:33 22.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistondan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatishga oid qarorni imzoladi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya hukumati O‘zbekistondan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, hukumat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish industriyasi, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlashga jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi.
2021 yil oktabr oyida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini, xususan, Rossiya qurilish obyektlariga jalb etish bo‘yicha sinov dasturi ishga tushirilgan. Unga muvofiq, Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomalar olishning bir qator tartiblari O‘zbekistonga o‘tkazildi.
Shu jumladan, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, COVID-19 testini o‘tkazish va “Sputnik Layt” bilan emlash, shuningdek, Rossiyaga kirishni taqiqlashni tekshirish masalalari nazarda tutilgan.
Qurilish vazirligi matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qilishicha, endi pandemiyaga qarshi cheklovlar olib tashlanishi sharoitida, jumladan, chegaradan o‘tish joylarida sinov loyihasini davom ettirish maqsadga
muvofiq emas.Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida Rossiya qurilish obyektlariga 4750 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan.