https://oz.sputniknews.uz/20230222/raqamlashtirish-boyicha-xalqni-rozi-qiladigan-tizim-toliq-yaratilmagan--mirziyoev--32454233.html
Raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmagan – Mirziyoyev
Raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmagan – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T18:49+0500
2023-02-22T18:49+0500
2023-02-22T18:49+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32313271_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_d53f315c71e6ddcbd083536a55d5e6e0.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilayotgan raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini to‘liq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, iste’molni rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda ishlatish topshirildi.Shuningdek, aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmagani qayd etildi.Prezident qolgan vazirliklarda ham raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32313271_84:0:1219:851_1920x0_80_0_0_c1c8819768ce74eacf5060ab91bca8ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar
Raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmagan – Mirziyoyev
Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilayotgan raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida
aytildi.
Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining (EHNAT) 160 dan ortiq funksiyasi bo‘lsada, hozirda faqat 1-2 tasidan foydalanilayapti. Jumladan, tuman elektr tarmoqlari korxonalari qayerda avariya bo‘lganini faqat aholi murojaati orqali biladi.
Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini to‘liq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, iste’molni rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda ishlatish topshirildi.
Shuningdek, aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmagani qayd etildi.
“Misol uchun, ishga yoki o‘qishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak bo‘ladigan “086-shakl” tibbiy ma’lumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur. Yerlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Ammo kommunal sohadagi ma’lumotlar raqamlashmagani bois, keyingi bosqichlar baribir “qo‘lda” qilinmoqda. Yoki, yiliga 300 mingdan ziyod xaridor yangi mashina sotib oladi. Lekin, ro‘yxatdan o‘tish va davlat raqami olish uchun haligacha yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga borish zarur”, - deyiladi xabarda.
Prezident qolgan vazirliklarda ham raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini ta’kidladi.