Putin axborot bombasini portlatdi
20:49 22.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPoslanie prezidenta RF Vladimira Putina Federalnomu sobraniyu
© Sputnik / Ramil Sitdikov
/ Obuna bo‘lish
G‘arblik raqiblar “putinsizlashtirish” haqida bir nimalar deyayotgan vaqtda, Rossiya prezidenti butun dunyo e’tiborini o‘ziga qaratdi.
TOShKENT, 22 fev - Sputnik Uning Federal yig‘inga yo‘llagan nutqi yetakchi axborot agentliklari tomonidan jonli efirda uzatildi, u o‘z nutqini tugatmasdan turib, butun dunyo OAV larida uning muhokamasi boshlanib ketgan edi.
Bizning g‘arblik raqiblarimizda prezidentning murojaatiga nisbatan ikkita munosabat kuzatilmoqda- o‘zlari tushgan tuzoqdan qo‘rqish va ommaviy ravishda: “Biz emas, bularning hammasi Putin” degan qichqiriqlar . Emishki, ular Ukrainada doim tinchlik bo‘lishi uchun kurashgan, Rossiya esa go‘yoki to‘satdan u yerga bostirib kirgan.
Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga “Ukrainaning Rossiyaga tahdid qilgani qanchalar absurd” bo‘lib tuyulgan. Ya’ni NATOning harbiy texnikalari, NATO instruktorlari, Donbassda, 2014-yil 2-maydan buyon Odessada tinch aholining muntazam o‘ldirilishi, ukraincha neonatsizm, yadroviy qurolga ega bo‘lish istagi tahdidlari – ha, shunday, hammasi tinchlik uchun edi.
Xuddi shu “Bu biz emas, barchasi Putin” mavzusi Britaniyaning Guardian va Amerikaning The New York Times gazetalari, ommaviy va o‘ta intellektual nashrlar tomonidan qizg‘in targ‘ib qilinmoqda. Aytishlaricha, NATOning sharqqa qarab kengayishi Rossiyaga hech qanday tahdidlar tug‘dirmagan emish. Yo‘q qilish, mustamlakaga aylantirish, umuman mamlaktimizni vayron qilishga muntazam chaqiriqlar – biz bularga e’tibor bermasligimiz kerak ekan. Satrlar orasidan G‘arb o‘z mamlakatimizni himoya qilishga bo‘lgan suveren istagimizdan qanchalik g‘azablanayotganini o‘qishingiz mumkin. Bu ularga qanday zarba berdi, barcha oldindan yozilgan ssenariylarini buzdi.
Putinning Ukrainaga qurol yetkazib berish mojaroni kuchaytirmoqda, uni mahalliy darajadan global miqyosga o‘tkazmoqda, deb ayblashiga hech qanday bahona topa olishmadi. G‘arb “tinchlikparvarlari” shunchaki jim bo‘lib qolishdi.
Betartib ishonchsiz bahonalardan so‘ng navbat klassik yondashuvga o‘tdi: “Bizchi? Bizga nima uchun?!” Prezident Putinning strategik qurollar bo‘yicha shartnomani to‘xtatib turish haqidagi qarori G‘arb mulozimlarining ruhiyatiga og‘ir zarba berdi. Ular Rossiya rahbarining xabarini yaxshi anglashdi. Ular uchun bu qaror uning nutqining asosiy mazmuniga aylandi.
Entoni Blinken “Bu bo‘yicha Rossiya nima qilishiga AQSh doim ko‘z-quloq bo‘lib turishi”ni va’da berib Putinning qarorini “muvaffaqiyatsiz va mas’uliyatsiz” deb atadi. To‘g‘ri, davlat kotibi buning uchun ularda hech qanday texnik imkoniyat yo‘qligini aytib o‘tirmadi. Hozircha AQSh o‘z proksi-ukrainlari bilan Rossiyaga qarshi oshkora urushayotgan ekan va hattoki sha’ma qilishaptiki, ularga yadroviy qurolni ko‘rsatishlarida amerikalik inspektorlar bizning mudofaa tizimimizda nimalar bo‘layotganini “diqqat bilan kuzatib borish” qo‘lidan kelmaydi, ularni u yerga shunchaki kiritishmaydi.
Putinning agar amerikaliklar shunday yo‘l tutsa, yadroviy sinovlarni qayta boshlash haqidagi va’dasini tezda o‘zgartirishdi va Guardian tomonidan “Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanish tahdidi”ga aylantirildi.
Agar jamoaviy G‘arb vakillari o‘zlarini Rossiya mantig‘ini tushunmayotgandek ko‘rsatayotgan bo‘lsa, global janub va Sharq mamlakatlari Putinning nutqida hamma narsani tushungan.
Xitoy ommaviy axborot vositalari Vashingtonning jahon gegemonligi haqidagi da’volari chidab bo‘lmas ekani, ko‘pincha o‘z rahbariyatini haddan tashqari ehtiyotkorlikda ayblaydigan xitoylik o‘quvchilar ruslarning qahramonligiga ochiqdan-ochiq hayron bo‘lishlarini va G‘arbga qarshi turishimizni Ulug‘ Vatan urushi bilan qiyoslashlarini ta’kidlashdi.
Mustamlaka o‘tmishiga ega bo‘lgan har qanday davlat Rossiya Prezidenti aytgan so‘zlarini yaxshi tushunishadi. Butun dunyo bo‘ylab urushlarni qo‘zg‘atish, o‘zgalar qoni ustida chayqovchilik qilish, doimiy yolg‘on va shafqatsiz ekspluatatsiya – G‘arb qul savdogarlari ana shunday boylik orttirishdi, o‘z “oltin milliard”larini qurishdi. Ammo hozir ko‘z o‘ngimizda milliard qisqarmoqda. Va nafaqat o‘zini qutqarish, balki hech bo‘lmaganda o‘z qulashini sekinlashtirish uchun yagona imkoniyat bu Rossiyaning “strategik mag‘lubiyati” edi.
Agar Rossiya chidab bera olmasa, talon-taroj qilish uchun keyingi navbatda Vashington o‘z mavqeyini yaxshilamoqchi bo‘lgan har qanday davlat turishi mumkin. Albatta, bu qatorda Xitoy birinchi o‘rinda turadi va xitoylik o‘rtoqlar izohlarda bugungi kunda “Rossiya G‘arb gegemonligiga qarshi kurashda asosiy rol o‘ynaydi” deb haqli ravishda qayd etishmoqda.
Biroq, Xitoydan tashqari, dunyodagi deyarli har qanday davlatni talon-taroj qilish mumkin. Kattayu kichik, kambag‘al yoki boy - bu barcha mamlakatlarning manfaatlarini bugun Rossiya ifodalaydi. Biz tom ma’noda o‘zimiz va o‘sha yigit uchun kurashapmiz. Taslim bo‘lsak, G‘arb kapitalining nazoratsiz gegemonligi o‘nlab xalqlarning suvereniteti, iqtisodiyoti va milliy g‘ururini yakson qiladi.
Ko‘pchilikda shunday taassurot paydo bo‘lyaptiki, oddiy odamlar hozirgi vaziyatni – o‘ta xavfli va ayni paytda son-sanoqsiz imkoniyatlar bilan to‘lib-toshgan – “saroy” mutaxassislari, jurnalistlar, targ‘ibotchilardan ko‘ra ancha nozikroq va yaxshiroq tushunadi. Internet oddiy odamlarning Putinning nutqi haqidagi mulohazalariga to‘la. Ularda Rossiyaning bugungi tarixiy qarama-qarshilikdagi buyuk rolini tushunish, hurmat qilish va anglash bor.
Umuman olganda, Rossiya prezidenti juda oddiy narsalar haqida gapirdi. Haqiqiy suverenitet haqida, mamlakatimizni jasorat bilan himoya qilish haqida, Amerika gegemonligi xarobalarida birgalikda qurishimiz mumkin bo‘lgan yangi, adolatli dunyo haqida. Bu gapi bilan Putin elitaga emas, balki butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarga gapirayotganiga ko‘p signal berdi. Va butun dunyo Rossiya prezidentini eshitdi.