https://oz.sputniknews.uz/20230222/ozbekistonda-rossiya-oliy-oquv-yurtlarining-filiallari-kopaytiriladi--32443716.html
O‘zbekistonda Rossiya OTMlari filiallari ko‘paytiriladi
O‘zbekistonda Rossiya OTMlari filiallari ko‘paytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi. 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T11:55+0500
2023-02-22T11:55+0500
2023-04-05T18:43+0500
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston
universitet
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22752171_0:171:3031:1876_1920x0_80_0_0_9b1267ff9dd3eb4a7f0acd5c1c34ef53.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya davlat oliy o‘quv yurtlarining ko‘plab filiallari paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.Shuningdek, vazirlik Qozog‘iston, Misr, Saudiya Arabistoni, Myanma va Kubada ta’lim muassasalarining yangi filiallarini ochishni rejalashtirmoqda.Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining 82 foizi MDH mamlakatlari: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus va Moldova davlatlarida joylashgan.Vazir, shuningdek, oliy ta’limga aloqador bo‘lmagan ta’limning yangi formatlarini ko‘rib chiqish zarurligini qo‘shimcha qildi. Masalan, malaka oshirish kurslari yoki tayyorgarlik kurslari.Ma’lumot uchun, Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO va boshqalarning filiallari respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.Malginov: Rossiya ta’limi - bu brend
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22752171_151:0:2880:2047_1920x0_80_0_0_057d3d436db082273bc863cf80ecdafb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, universitet, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, universitet, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
O‘zbekistonda Rossiya OTMlari filiallari ko‘paytiriladi
11:55 22.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya davlat oliy o‘quv yurtlarining ko‘plab filiallari paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligiga tayanib, RIA Novosti
xabar bermoqda. Shuningdek, vazirlik Qozog‘iston, Misr, Saudiya Arabistoni, Myanma va Kubada ta’lim muassasalarining yangi filiallarini ochishni rejalashtirmoqda.
Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining 82 foizi MDH mamlakatlari: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus va Moldova davlatlarida joylashgan.
“Biz har doim barcha tashabbuskor loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ko‘p narsa universitetlarning o‘ziga, ularning qobiliyatiga, oldinga intilishga tayyorligiga bog‘liq. Har bir mamlakatda fikrlarning butun palitrasi mavjud: ta’limni qanday rivojlantirish, qaysi modelga ko‘ra - G‘arbiymi, Sharqiymi yoki milliymi? Bu bizni rus ta’limini rivojlantirishda to‘xtatmasligi kerak”, - dedi Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov.
Vazir, shuningdek, oliy ta’limga aloqador bo‘lmagan ta’limning yangi formatlarini ko‘rib chiqish zarurligini qo‘shimcha qildi. Masalan, malaka oshirish kurslari yoki tayyorgarlik kurslari.
Ma’lumot uchun, Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida 53 ming o‘zbekistonlik tahsil oladi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO va boshqalarning filiallari respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.