Maxsus operatsiya: 22-fevralning asosiy voqealari
21:17 22.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023)
© Sputnik / Kirill Braga
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe va Xarkov viloyatining Masutovka aholi punktlari hududlarida UQKning 40 dan ortiq harbiy xizmatchilari va ikkita pikapini yo‘q qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Stelmaxovka, Nevskoe va DXRning Yampolovka aholi punktlari hududlarida UQK artilleriyasi, harbiylari va texnikasiga zarba berdi. Sutka davomida 135 harbiy xizmatchilar, bitta BMP, 4 ta zirhli jangovar mashinasi, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va bitta D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Havo-desant kuchlarining "Tula" bo‘linmalari, hujum aviatsiyasi va "Janubiy" qo‘shinlar guruhi artilleriyasi hujum otradlarining muvaffaqiyatli harakati davom etdi. Ushbu yo‘nalishda kuniga dushman yo‘qotishlari 250 nafar harbiy xizmatchini, beshta zirhli jangovar texnikani, oltita texnikani va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
DXRning Katerinovka qishlog‘i yaqinida UQKning 68-piyoda yegerlar brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Vostok" qo‘shinlari guruhi artilleriyasi DXRning Ugledar va Prechistovka aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalariga kuchli zarba berdi. Natijada 65 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BMP, 2ta zirhli jangovar mashinalar, ikkita pikap, D-20 va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriyaga qarshi jang paytida ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Shuningdek, Xerson viloyatining Antonovka va Chernobayevka aholi punktlari hududlarida 123 va 126-hududiy mudofaa brigadalarining o‘q-dorilar omborlariga zarba berildi.
Raketa qo‘shinlari va artilleriyasi bir kunda UQKning 113ta hududda joylashgan 84 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Dobrovole aholi punkti yaqinida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti zarbaga uchradi.
DXRning Memrik aholi punkti hududida chet ellik yollanma askarlarning vaqtincha joylashtiriladigan punktiga zarba berildi.
Sumi shahri yaqinida Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yirik kalibrli minomotlar va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish va ta’mirlash ustaxonasiga zarba berdi.
Havo hujumidan himoya kuchlari kun davomida Xerson viloyatining Antonovka, Krasnorechenskoe, Rubejnoe, Pshenichnoe, Kremennaya, Chervonopopovka, Zaliman, DXRning Nikolskoe, Xarkov viloyatining Tokarevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 9ta HIMARS (AQSh) reaktiv tizimi raketalari va 10ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 386 ta samolyot, 210 ta vertolot, 3213 ta uchuvchisiz uchish apparati, 405 ta zenit-raketa kompleksi, 7979 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1037 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 4179 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8494 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi..