Bugun ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet: Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0