https://oz.sputniknews.uz/20230222/baydenning-putin-yutqazishi-kerakdegan-gapi-britaniyada-tanqidga-uchradi-32445678.html
Baydenning “Putin yutqazishi kerak”degan gapi Britaniyada tanqidga uchradi
Baydenning “Putin yutqazishi kerak”degan gapi Britaniyada tanqidga uchradi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniyada Jo Baydenga Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin ibodat qilish tavsiya etildi. 22.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-22T14:37+0500
2023-02-22T14:37+0500
2023-02-22T14:37+0500
dunyoda
britaniya
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/16/31627723_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_3899e8ea6ef77b66cb55bef401d115a2.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning “Vladimir Putin yutqazishi kerak bo‘lgan diktator” degan gapi Britaniyada tanqid qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.Kuni kecha Jo Bayden Varshavada nutq so‘zladi va Rossiya fuqarolariga murojaat qildi. U o‘z so‘zida “Rossiya yetakchisi Vladimir Putin yutqazishi kerak bo‘lgan diktator”, deya ta’kidlagan.Lekin bu so‘zlar Daily Mail nashri o‘quvchilarining tanqidiga uchradi. Ular quyidagicha izoh qoldirishgan. “Aqldan ozgan Janob, sizga shuni aytmoqchiman: Putin o‘z siyosatini davom ettirishini so‘rab duo qiling, chunki u dunyoni yadro urushini boshlashdan saqlaydi”, deb yozadi sharhlovchilardan biri."Bayden Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini xohlamaydi, u faqat mojarolarni qanday qo‘zg‘atishni biladi", - deya qo‘llab-quvvatladi yana biri."Qo‘shma Shtatlar dunyo uchun eng katta tahdid", dedi yana bir o‘quvchi."Uning Putinning ismini eslay olganidan hayratdaman. Balki bu ishora kartochkasida bo‘lgandir", deb hazillashdi boshqa foydalanuvchi.“U AQSh tarixidagi eng yomon prezident”, deb xulosa qilishdi o‘quvchilar.Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Varshavada so‘zlagan nutqida na AQSh, na Yevropa Rossiyani bostirish yoki yo‘q qilish niyatida emasligi, shuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi maxsus operatsiyaning majburiy xarakteri haqidagi bayonotiga qarshi chiqishga urinib, "bunga hech qachon zarurat bo‘lmagan"nini aytib o‘tgan edi. Mariya Zaxarova AQSh prezidentining murojaatiga munosabat bildirib, “do‘st emas” so‘zi dushmandan ham battar ekanligini qayd etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/16/31627723_57:0:2788:2048_1920x0_80_0_0_9bba1eb382e6df6d2b9069c3836c64be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, britaniya, jo bayden
dunyoda, britaniya, jo bayden
Baydenning “Putin yutqazishi kerak”degan gapi Britaniyada tanqidga uchradi
Britaniyada Jo Baydenga Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin ibodat qilish tavsiya etildi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning “Vladimir Putin yutqazishi kerak bo‘lgan diktator” degan gapi Britaniyada tanqid qilindi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Kuni kecha Jo Bayden Varshavada nutq so‘zladi va Rossiya fuqarolariga murojaat qildi. U o‘z so‘zida “Rossiya yetakchisi Vladimir Putin yutqazishi kerak bo‘lgan diktator”, deya ta’kidlagan.
Lekin bu so‘zlar Daily Mail nashri o‘quvchilarining tanqidiga uchradi. Ular quyidagicha izoh qoldirishgan.
“Aqldan ozgan Janob, sizga shuni aytmoqchiman: Putin o‘z siyosatini davom ettirishini so‘rab duo qiling, chunki u dunyoni yadro urushini boshlashdan saqlaydi”, deb yozadi sharhlovchilardan biri.
"Bayden Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini xohlamaydi, u faqat mojarolarni qanday qo‘zg‘atishni biladi", - deya qo‘llab-quvvatladi yana biri.
"Qo‘shma Shtatlar dunyo uchun eng katta tahdid", dedi yana bir o‘quvchi.
"Uning Putinning ismini eslay olganidan hayratdaman. Balki bu ishora kartochkasida bo‘lgandir", deb hazillashdi boshqa foydalanuvchi.
“U AQSh tarixidagi eng yomon prezident”, deb xulosa qilishdi o‘quvchilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Varshavada so‘zlagan nutqida na AQSh, na Yevropa Rossiyani bostirish yoki yo‘q qilish niyatida emasligi, shuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi maxsus operatsiyaning majburiy xarakteri haqidagi bayonotiga qarshi chiqishga urinib, "bunga hech qachon zarurat bo‘lmagan"nini aytib o‘tgan edi. Mariya Zaxarova AQSh prezidentining murojaatiga munosabat bildirib, “do‘st emas” so‘zi dushmandan ham battar ekanligini
qayd etdi.